VM qarori № 649, 76-boʻlim
3-bob. Yongʻin-texnik minimumi dasturlarining namunalari — 1-§. Tashkilotda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlar, yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq oʻtkazish vazifasi yuklatilgan xodimlar, shuningdek, yongʻin-texnik komissiyasiyalar aʼzolari uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1-mavzu: Kirish (1 soat). Respublikadagi yongʻinlar, ularlarning sabablari va oqibatlari toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari. Yongʻinlarning oldini olish boʻyicha vazifalar. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar. Yongʻin xavfsizligi qoidalari. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. (3-bobning 1-mavzu uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 2-mavzu: Modda va materiallarning yonishi, yongʻin va portlash xavfining xususiyatlari, binolarning yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (2 soat). Yonish haqida umumiy maʼlumot. Modda va materiallarning yongʻin va portlash xavfi koʻrsatgichlari. Modda va materiallarni birgalikda saqlashda yongʻin xavfsizligi talablari. Qurilish materiallarining yongʻin-texnik xususiyatlari, yongʻinga chidamlilik, ularning yongʻin xavfliligi sinfi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi tushunchasi. Qurilish konstruksiyalarining yongʻinga chidamlilik darajasini oshirish va yongʻin xavfini kamaytirish usullari. Yongʻinga qarshi oraliq masofa tushunchasi. Yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan binolarni, inshootlarni va tashqi qurilmalarni toifalashning umumiy prinsiplari, “Elektr uskunalarnining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq zonalar sinfi. 3-mavzu: Tashkilotning yongʻin xavfliligi (4 soat). Yongʻinlar, ularga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli omillarning tasnifi: atamalar va tushunchalar, yongʻinlar sinflari, yongʻinning rivojlanish dinamikasi asoslari. Yongʻin xavfini tahlil qilish: asosiy atamalar va terminlar, binolar, inshootlar, texnologik jarayonlardagi yongʻin xavfini tahlil qilish usullari. Yondirish manbalarining tasniflari, ularning energetik xususiyatlari. Yongʻin tarqalishining asosiy yoʻllari. Obyektlarning yongʻin xavfi xususiyatlari (omillari, aniqlashni qiynlashtiruvchi, yongʻinni qurshab olish va oʻchirish, shuningdek, ancha miqdorda zarar, odamlarning oʻlimiga va tan jarohati olishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xususiyatlari). Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalarining yongʻin xavfi. Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalaridan foydalanishda yongʻin xavfsizligi talablari. Yashinning yongʻin xavfsizligi. Binolar va inshootlarni yashindan himoya qilish tizimlarining sinflari. Yashindan himoya qilish qurilmasini oʻrnatish qoidalari. Statik elektr toki: paydo boʻlish sabablari, yongʻin xavfliligi, statik elektr tokidan himoya vositalari (qurilma, ish prinsipi, oʻrnatish va foydalanish qoidalari). 4-mavzu: Yongʻin xavfi mavjud ishlarni olib borish hamda modda va materiallarni saqlashda yongʻin xafsizligi choralari (3 soat). Olovli ishlarning turlari va ularning yongʻin xavfliligi. Olovli ishlarni bajarish uchun doimiy va vaqtinchalik joylarga qoʻyiladigan talablar. Olovli ishlarni tashkil etish, ularni bajaruvchi shaxslarga ruxsat berish va ularning bajaralishi ustidan nazorat qilish tartibi. Portlash va yongʻin xavfi zonalari mavjud bino va xonalarda olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfi xususiyatlari. Keng tarqalgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar, qattiq yengil alangalanuvchan materiallarni saqlashda, tashishda va ish joylarida foydalanishda yongʻin xavfsizligi choralari, boʻyoqlarni ishlab chiqarish va boshqa yongʻinga xavfli ishlarni olib borishda yongʻin xavflilik xususiyatlari. 5-mavzu: Yongʻinda xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash (2 soat). Evakuatsiya yoʻllari va chiqishlar: terminlar, evakuatsiya qilish uchun yoʻllar va chiqishlarni belgilash tartibi. Evakuatsiya yoʻllari va chiqishlar uchun yongʻin xavfsizligi talablari. Darslar olib borilayotgan obyektlarda yongʻin vaqtida evakuatsiya rejasi. Yongʻin sodir boʻlganda odamlarni evakuatsiya qilishda xabar berish va boshqarish tizimi: maqsadi, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish. Odamlarni binolardan evakuatsiya qilish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish. 6-mavzu: Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (2 soat). Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari. Tuzilishi, taktik va texnik xususiyatlari, foydalanish qoidalari. Tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti, vazifalari, umumiy tuzilishi. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti inshootlari va muhandislik-texnik vositalar nazoratini amalga oshirish, saqlab turish qoidalari, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish tartibi. Yongʻin signalizatsiyasi tizimlari va yongʻin oʻchirish qurilmalari, vazifalari, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish. Yongʻin sodir boʻlganda tutunga qarshi himoya: vazifalari, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish. 7-mavzu: Tashkilotda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy asoslari (5 soat). Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash. Yongʻin-texnik komissiyasiyalar (keyingi oʻrinlarda — Komissiya): asosiy vazifalari va funksiyalari, Komissiyani tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, Komissiya aʼzolari ishini maʼnaviy ragʻbatlantirish, ularining huquqlari, faoliyatini rasmiylashtirish, yongʻinga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Koʻngilli yongʻindan saqlash boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — KYOSB): asosiy vazifalari, boʻlinmalarni tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, huquqlari va majburiyatlari, KYOSB uchun belgilangan imtiyozlar va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ishchilarni KYOSB aʼzoligidan chiqarish. KYOSBning ish tartibi. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha ishchilarni tayyorlash va bilimlarini tekshirish (yongʻinga qarshi yoʻriqnoma, yongʻin-texnik minimum). Obyektda yongʻinga qarshi rejim. Yongʻinga qarshi yoʻriqnoma. Yongʻinga qarshi targʻibot. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash uchun axborot stendlari. Obyektlarda sodir boʻlgan yongʻinlarni hisobga olish: yongʻinlarni davlat (idoraviy) statistik hisobga olish. Davlat (idoraviy) statistika maʼlumotlari notoʻgʻri berilganligi uchun javobgarlik. Amaliy mashgʻulot: yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish (obyektda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha buyruq, umumiy obyektning yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma (alohida boʻlimlar bilan boshqa yoʻriqnomalarni kiritgan holda); odamlarni evakuatsiya qilish rejasi). 8-mavzu: Yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartibi (2 soat). Yongʻinning rivojlanish dinamikasi va uning xavfli omillarining tarqalishidan kelib chiqib amalga oshiriladigan harakatlar. Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini oʻchirish (zarur hollarda sodir boʻlgan vaziyatdan kelib chiqib). Yongʻin toʻgʻrisida yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga, shuningdek, obyekt rahbariga xabar berish (obyektda mavjud boʻlgan aloqa vositalari va signalizatsiya, ularning joylashish joylari, uskunalar, hududlarda mavjud boʻlgan tovushli xabar berish qurilmalari, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish qoidalari, aloqa vositalari orqali sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida xabarni yetkazish tartibi). Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yetib kelgunga qadar yongʻin oʻchirishni tashkil etish (KYOSBning jangavor boʻlinma tabeli boʻyicha vazifalari, yongʻinni oʻchirish tartibi, texnika xavfsizligi). Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini kutib olishni tashkil etish. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yongʻin joyiga yetib kelganidan soʻng yongʻin oʻchirishni tashkil etish. Boshqa harakatlar (moddiy boyliklarni qoʻriqlash, yongʻinni oʻchirishga jalb etilmagan odamlar kirishini cheklash va hakazo). Amaliy mashgʻulot: yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga yongʻin toʻgʻrisida xabarni berish tartibini oʻrganish; oʻt oʻchirgichlardan foydalanish tartibini koʻrsatish va qoʻllash usullarini oʻrganish, ichki yongʻinga qarshi joʻmraklardan foydalanish, ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilish harakatlarini mashq qilish. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish (1 soat).
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 75. 2-bob. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 77. 2-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
Qoʻshni boʻlimlar
- 72VII-boʻlim. Yakunlovchi qoida — 41-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
- 73Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 1-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalariga qoʻyiladigan TALABLAR
- 74Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 2-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlarning bilimini tekshirish va tayyorgarlik ishlari TARTIBI — 1-bob. Umumiy qoidalar
- 752-bob. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish
- 772-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 783-§. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni tayyorlash va saqlashga jalb etilgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 79Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 3-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan TALABLAR
- 80Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 4-ILOVA. Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.