VM qarori № 649, 78-boʻlim
3-§. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni tayyorlash va saqlashga jalb etilgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1-mavzu. Kirish (0,5 soat). Respublikada sodir boʻlgan yongʻinlar, ularlarning sabablari va oqibatlari toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlash bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi obyektlarida sodir boʻlgan yongʻinlar toʻgʻrisida misollar. Yongʻinning oldini olish vazifalari. Ishchilarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari, yongʻin xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarligi. Davlat yongʻin nazorati organlari xodimlarining huquqlari, yongʻin xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun taʼsir choralari turlari. 2-mavzu. Qishloq xoʻjaligi obyektlarida va turar joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning umumiy talablari (2 soat). Hududni, yongʻinga qarshi oraliqlar, yoʻllar, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini saqlash. Elektr uskunalari, isitish tizimlari va qurilmalaridan foydalanishda yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar. Chekish va ochiq olovdan foydalanish tartibi. Bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligining umumiy talablari. Yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazlardan foydalanishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari. Turar joylarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha asosiy chora-tadbirlar. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻinlarni oʻchirish uchun jamoatchilikni jalb qilish (tashkilotlarning YOTK va KYOSB). KYOSK haqida umumiy maʼlumot va ularning qishloq joylari uchun ahamiyati. 3-mavzu. Ish joyida yongʻin xavfsizligi choralari (2 soat). Foydalanilayotgan qishloq xoʻjalik texnikalari, agregatlari, qurilmalari, shuningdek, ishlatilayotgan modda va materiallarning yongʻin xavfi xususiyatlari. Ish joyidagi yongʻinga qarshi rejim. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlashda yongʻin xavfsizligi choralari. Ish joyida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin yoki avariyaviy holatlarning ehtimoliy sabablari. Yongʻin yoki avariya holatlarida yongʻinlarning oldini olish maqsadida ishchilar ishga kirishganda va uning yakunidagi harakatlari. 4-mavzu. Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari haqida umumiy maʼlumotlar. Yongʻin vaqtidagi harakatlar (2,5 soat). Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, ularning maqsadi, foydalanish qoidalari, yozgi va qishki sharoitlarda saqlash tartibi. Aloqa, signalizatsiya, yongʻin haqida xabar berish vositalari. Ularning joylashgan joyi, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish qoidalari. Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini oʻchirish (zarur hollarda sodir boʻlgan vaziyatdan kelib chiqib). Yongʻin haqida telefon orqali xabar berish tartibi. Odamlarni (moddiy boyliklarni) evakuatsiya qilishni tashkil etish. Ish joyida yoki obyekt hududida, aholi punktida tutun, alanga yoki yongʻin aniqlanganda ishchilarning harakatlari. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va KYOSKlarini chaqirish hamda ularni kutib olish tartibi. Yongʻin va alangalarni oʻchirish, texnika xavfsizligi. Amaliy mashgʻulot: avariya-qutqaruv xizmatiga yongʻin haqida xabar berish mashqlarini bajarish, shuningdek, oʻt oʻchirgichdan amalda foydalanishni namoyish etish. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarni sinovdan oʻtkazish (1 soat).
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 77. 2-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 79. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 3-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan TALABLAR
Qoʻshni boʻlimlar
- 74Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 2-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlarning bilimini tekshirish va tayyorgarlik ishlari TARTIBI — 1-bob. Umumiy qoidalar
- 752-bob. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish
- 763-bob. Yongʻin-texnik minimumi dasturlarining namunalari — 1-§. Tashkilotda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlar, yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq oʻtkazish vazifasi yuklatilgan xodimlar, shuningdek, yongʻin-texnik komissiyasiyalar aʼzolari uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 772-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 79Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 3-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan TALABLAR
- 80Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 4-ILOVA. Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti
- 81Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 5-ILOVA. Evakuatsiya qilish rejalariga qoʻyiladigan TALABLAR
- 82Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 6-ILOVA. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.