VM qarori № 649, 77-boʻlim

2-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1-mavzu: Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora tadbirlar. Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslar va ishchilarning majburiyati va javobgarligi (2 soat). Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tartibga soluvchi asosiy normativ huquqiy hujjatlar. Olovli ishlarni bajarishni tashkil etish tartibi. Olovli ishlarni bajarish bosqichlari. Olovli ishlarni bajarishga tayyorlash va oʻtkazish uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari. Olovli ishlar bajarilishini rasmiylashtirish bosqichlari. Olovli ishlarni bajaruvchilarga qoʻyiladigan talablar. Olovli ishlarni bajarishda masʼul shaxslar va ijrochilarning yongʻin xavfsizligi va texnika xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik. 2-mavzu: Olovli ishlarning yongʻin xavfliligi. Yongʻin kelib chiqishining asosiy sabablari. Olovli ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan modda va materiallarning yongʻin xavfliligi (2 soat). Yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi omillar. Modda va materiallarning yongʻin va portlash xavfliligining asosiy koʻrsatgichlari, yonuchan muhiti. Olovli ishlarni bajarishda foydaliniladigan apparatlar tuzilishi va ularning yongʻin xavfliligi. Olovli ishlarni bajarishda yondirish manbai, ularning tasnifi va energetik xususiyatlari. Yongʻin tarqalishining asosiy yoʻllari va uning xavflari omillari. Yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar, ularning ahamiyati. Olovli ishlarni bajarish natijasida respublikada va chet davlatlarda sodir boʻlgan yongʻinlar statistikasi va tahlili. Gaz payvandlash, elektr payvandlash, kavsharlash lampalaridan foydalanish, temirni kesish, bitum va qatronlarni eritish hamda uchqun chiqarish bilan bogʻliq boshqa ishlarni olib borishda (ishlarni olib borish qoidalarini buzish, uskunalarning nosozligi, ish yakunlangandan soʻng ishlar olib borilgan joylarni nazoratsiz qoldirish va boshqalar) yongʻin chiqish sabablari. 3-mavzu: Olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralari (1 soat). Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylari, ularning tavsifi. Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylarini tashkil etish va ularga tayyorgarlik koʻrishda qoʻyiladigan talablar. Obyektlardagi yongʻinga qarshi rejim va yongʻinning oldini olish tizimi. Yonuvchan muhitni, yondirish manbai yuzaga kelmasligi (hosil boʻlishini cheklash) va yongʻin tarqalishini cheklash choralari. Olovli ishlarni bajarish joylarini yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari bilan taʼminlash miqdorlarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tartibi. Ijrochilar va masʼul shaxslarning qoida talablaridan chetga chiqishi, ishlash uchun naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik va olovli ishlar turlariga boʻlgan maxsus talablar buzilganligi aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar. 4-mavzu. Elektr payvandlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat). Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Elektr tokining yongʻin xavfi koʻrinishlari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash. Elektr payvandlash apparatlari, ularning umumiy talablari. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari. Payvandlash apparatlarini, kabellarni ulash. Payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar, ushlagichlarga qoʻyiladigan talablar. Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari. 5-mavzu. Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat). Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash. Siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun moʻljallangan ballonlar bilan ishlash xususiyatlari. Kalsiy karbidlarini tashish, saqlash va ishlatish qoidalari. Uskunaga qoʻyiladigan talablar. Atsetilen generatorlari, ularga qoʻyiladigan umumiy talablar. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari. Gaz uzatish shlanglarini sinovdan oʻtkazish va tekshirish tartiblari. Atsetilen apparatlari va gaz ballonlarini joylashtirish joyi, ularni ochiq olovdan va boshqa issiqlik manbalaridan himoya qilish. Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari. Metil atsetilen-allen fraksiyasidan (MAF) foydalangan holda gaz payvandlash, gazli kesish va gaz alangali ishlarni bajarish xususiyatlari. 6-mavzu. Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat). Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash. Ish joylariga qoʻyiladigan talablar. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini joylashtirish. Uskunaga qoʻyiladigan talablar. Bitumni eritish qurilmalari va qozonlarni joylashtirish. Kavsharlash lampalarini yoqilgʻi bilan toʻldirish. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari. 7-mavzu. Olovli ishlarning yakuni boʻyicha yongʻin xavfsizligi choralari. Mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (1 soat). Olovli ishlarni bajarishda mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (jihozlarni qabul qilish, naryad-ruxsatnomani yopish, olovli ishlar bajarilgandan soʻng vaqtinchalik va doimiy joylarning nazoratini tashkil etish). Olovli ishlar yakuni boʻyicha hisobot hujjatlarini saqlanishi. 8-mavzu. Olovli ishlarni bajarishning oʻziga xos jihatlari (2 soat). Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan xonalarda, qurilmalarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimlarda, bosim ostidagi va tashqi texnologik qurilmalarda olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrish, naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirish va yozma topshiriq berish jihatlari. Ishlarni bajaruvchi brigada tarkibi. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan xonalarda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimlarda, bosim ostidagi qurilmalarda olovli ishlarni bajarish jihatlari. Yongʻin xavfliligi boʻyicha turli sinflardagi obyektlarda olovli ishlarni tashkil etish va bajarishning oʻziga xos tomonlari. 9-mavzu. Yongʻin (alanga) aniqlangandagi harakatlar. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish. Jarohat olganda birinchi yordam koʻrsatish (2 soat). Hududda yoki binoda (inshootda) yongʻin (tutun)ni aniqlagan shaxslarning harakatlanish tartibi. Yongʻin (favqulodda vaziyat) toʻgʻrisida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari, avariya xizmatlari va obyekt rahbarlariga xabar berish. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va boshqa avariya xizmatlari kelguniga qadar ishchilarning harakatlari. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va boshqa avariya xizmatlarining uchrashuvini tashkil etish. Oʻt oʻchirgichlar va oʻt oʻchirish vositalarining tasnifi. Oʻt oʻchirgichlardan foydalanish tartibi, ularga texnik xizmat koʻrsatish, qayta zaryadlash muddatlari, xavfsizlik talablari. Yongʻinlarni oʻchirishda (favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda) yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish usullari. Obyektning xususiyatlari va texnologik jarayondan kelib chiqqan holda uskunalar, kommunikatsiyalar, elektr qurilmalari va boshqa muhandislik tizimlarini manbadan oʻchirish. Odamga zarar keltiruvchi omillar taʼsirini kamaytirish yoʻllari (elektr toki, yonishning issiqlik, zaharli mahsulotlari taʼsiri). Jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish (qon ketishini vaqtinchalik toʻxtatish, yurak va oʻpka faoliyatini tiklash (sunʼiy nafas oldirish, bilvosita yurak massaji), steril bogʻlamni qoʻyish, qoʻl-oyoqlar singandagi harakatlar, dorilar qutisining (aptechkaning) toʻliq jamlanganligi va undan foydalanish tartibi). 10-mavzu. Amaliy mashgʻulot (1 soat). Yongʻin (alanga) aniqlaganda harakat qilish tartibini oʻrganish. Jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam kelgunga qdar birinchi yordam koʻrsatish. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarni sinovdan oʻtkazish (1 soat).

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.