VM qarori № 649, 82-boʻlim

Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 6-ILOVA. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Yongʻinni oʻchirish birlamchi vositalarining turlari va miqdori yonuvchi moddalarning fizik-kimyoviy va yongʻin xavfli mavjud xossalari, ularning oʻt oʻchirish vositalariga boʻlgan aloqasini, shuningdek, ishlab chiqarish binolari, ochiq joylar va qurilmalarning maydonini hisobga olgan holda aniqlanadi. 2. Texnologik uskunalarni oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash, ushbu uskuna uchun texnik shartlar (pasportlar) talablariga yoki tegishli yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Chet elda ishlab chiqarilgan uskunalarni oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Muayyan xonaga yoki obyektga oʻt oʻchirgichlarning kerakli turini aniqlash va miqdorini hisoblash ularning oʻchirish quvvatiga, maksimal maydoniga, shuningdek, yonuvchi modda va materiallarning yongʻin sinfiga koʻra amalga oshirilishi kerak: A sinf — asosan kelib chiqishi organik boʻlgan, yonishi choʻgʻlanish bilan kuzatiladigan qattiq moddalarning (yogʻoch, mato, qogʻoz) yongʻinlari; B sinf — yonuvchi suyuqliklar yoki eriydigan qattiq moddalarning yongʻinlari; C sinf — gazlar yongʻinlari; D sinf — metallar va ularning qorishmalarining yongʻinlari; E sinf — elektr uskunalari yonishi bilan bogʻliq yongʻinlar. Oʻt oʻchirgich turini (koʻchma yoki transportirovka qilinadigan) tanlash sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin oʻchoqlarining hajmiga bogʻliq. Agar ular katta boʻlsa, transportirovka qilinadigan oʻt oʻchirgichlardan foydalanish kerak. 5. Foydalanishning tegishli harorat chegarasiga ega boʻlgan oʻt oʻchirgichni tanlashda bino va inshootlarning iqlim sharoitlarini hisobga olish zarur. 6. Agar aralash yongʻin oʻchoqlari boʻlsa, unda oʻt oʻchirgichni tanlashda afzallik uning qoʻllash doirasi nuqtai nazaridan universal yongʻin oʻchirgichga beriladi. 7. Turli toifadagi xonalarning toʻliq maydoni uchun (bitta yoki bir guruh oʻt oʻchirgichlar bilan himoyalanadigan maksimal maydon) 1 va 2-jadvallarda “++” yoki “+” belgisidan oldin koʻrsatilgan turdagi oʻt oʻchirgichlar sonining birini tanlash kerak. 8. Jamoat binolari va inshootlarning har bir qavatida kamida ikkitadan kam boʻlmagan koʻchma oʻt oʻchirgichlar boʻlishi kerak. 9. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha D toifadagi xonalarning maydoni 100 m2 dan oshmasa, ushbu xonalar oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanmasligi mumkin. 10. Agar yongʻin xavfi boʻyicha bir xil toifadagi bir nechta kichik xonalar mavjud boʻlsa, zarur oʻt oʻchirgichlar soni ushbu xonalarning umumiy maydonini hisobga olgan holda 14-band va 1 va 2-jadvallarga muvofiq belgilanadi. 11. Korxonadan qayta zaryadlash uchun yuborilgan oʻt oʻchirgichlar, tegishli miqdordagi zaryadlangan oʻt oʻchirgichlar bilan almashtirilishi kerak. 12. Kompyuter xonalari, telefon stansiyalari, muzeylar, arxivlar va boshqalarni himoya qilishda yongʻinni oʻchirish vositalarining himoyalangan uskunalar, mahsulotlar, materiallar va boshqalar bilan oʻzaro taʼsirining oʻziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Ushbu xonalar oʻt oʻchirish moddalarining maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasini hisobga olgan holda xladonli va uglekislotali oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanishi lozim. 13. Statsionar avtomatik oʻt oʻchirish qurilmalari bilan jihozlangan xonalar oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanishi belgilangan sonidan kelib chiqib 50 foiz miqdorida taʼminlanishi kerak. 14. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin oʻchogʻidan oʻt oʻchirgich joylashgan joyigacha boʻlgan masofa: jamoat binolari va inshootlari uchun 20 m dan; portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A, B va V toifadagi xonalar uchun — 30 m dan, G toifadagi xonalar uchun — 40 m dan, D toifadagi xonalar uchun — 70 m dan oshmasligi kerak. 15. Obyektda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini sotib olish, taʼmirlash, saqlash va ishlatishga shayligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi kerak. 16. Obyektga oʻrnatilgan har bir oʻt oʻchirgich ustiga oq rangli boʻyoq bilan tartib raqami yozib qoʻyilishi kerak. Unga belgilangan shaklda pasport yuritiladi. 17. Oʻt oʻchirgichlar har doim soz holatda saqlanishi, muntazam koʻzdan kechirilishi, tekshirilishi va oʻz vaqtida qayta zaryadlanishi kerak. 18. Qish mavsumida (1 °C dan past haroratda), suv asosidagi zaryadli oʻt oʻchirgichlar isitiladigan xonalarda saqlanishi kerak. 19. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini yoʻlaklarda va oʻtish joylarida joylashtirish odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishga xalaqit bermasligi kerak. Ular 1,5 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda xonalardan chiqadigan joylarga yaqin joylarda joylashtirilishi kerak. 20. Asbest, namatni (kigizni) qopqoqli metall idishlarda saqlash, vaqti-vaqti bilan (uch oyda kamida 1-marta) quritish va changdan tozalash tavsiya etiladi. 21. Ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanmagan ishlab chiqarish xonalarida va omborxonalarda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini, mexanizatsiyalashmagan yongʻinni oʻchirish vositalari va uskunalarini joylashtirish uchun, shuningdek, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti mavjud boʻlmagan obyektlar hududi yoki ularning binolari (inshootlari) tashqi texnologik qurilmalari tashqi yongʻinga qarshi suv manbalaridan 100 m dan uzoq masofada joylashgan taqdirda yongʻinga qarshi qalqon bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi qalqonlarning turi va ularning talab qilinadigan soni, binolar (inshootlar) va tashqi texnologik qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi boʻyicha toifasiga, bitta yongʻinga qarshi qalqonning maksimal himoyalash maydoniga va yongʻin sinfiga koʻra 3-jadvalga muvofiq belgilanadi. 22. Yongʻinga qarshi qalqonlar 4-jadvalga muvofiq yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, mexanizatsiyalanmagan yongʻin vositalari va inventarlar bilan jamlanadi. 23. Yongʻinga qarshi qalqon yoniga oʻrnatilgan suv sigʻimlarining hajmi kamida 0,2 m3 boʻlishi va chelaklar bilan taʼminlanishi kerak. Qum uchun qutilar 3, 1 yoki 0,5 m3 hajmga ega boʻlishi va belkurak bilan taʼminlanishi kerak. Qum oson olinishi va yogʻingarchilikdan himoyalangan boʻlishi kerak. 24. Qum bilan toʻldirilgan qutilar, odatda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyukliklar toʻkilishi mumkin boʻlgan xonalarda yoki ochiq maydonlarda yongʻinga qarshi qalqonlar bilan birga oʻrnatilishi kerak. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A, B va V toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun qutilardagi qum zaxirasi himoyalanadigan har bir 500 m2 maydonga 0,5 m3, G va D toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun esa himoyalanadigan har bir 1000 m2 maydonga 0,5 m3 dan kam boʻlmasligi kerak. 25. Asbest, dagʻal junli mato yoki namat oʻlchami kamida 1x1 m boʻlishi hamda ushbu mato oʻlchamining 50 foizidan katta boʻlmagan maydondagi va havosiz yonishi mumkin boʻlmagan modda va materiallar yongʻin oʻchogʻini oʻchirish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni qoʻllash va saqlash joylarida ushbu matolar oʻlchamlari 2x1, 5 m yoki 2x2 m dan oshirilishi mumkin. Asbest mato, dagʻal jun matolar yoki namat (kigiz, yonmaydigan materialdan tayyorlangan choyshab) suv oʻtkazmaydigan yopiladigan va yongʻin sodir boʻlganda tezda qoʻllash imkonini beradigan gʻiloflarda (qadoqlarda) saqlanishi lozim. Ushbu vositalar kamida 3 oyda bir marta quritilishi va changdan tozalanishi kerak. 26. Yongʻinga qarshi qalqon toʻplamidagi mexanizatsiyalanmagan yongʻinga qarshi qoʻl asboblariga quyidagi operatsiyalarni oʻz ichiga olgan davriy xizmat koʻrsatiladi: chang, kir va korroziya izlarini tozalash; GOST-12.4.026-2015 standartiga muvofiq boʻyoqlarni tiklash; foydalanishdan keyin qoldiq deformatsiyalarni bartaraf etish uchun lom va bagorlarni toʻgʻrilash; GOST 12.3.023-80 talablariga mos holda kerakli asboblarning charxlash burchaklarini tiklash. 27. Yongʻinga qarshi qalqonlar ularga oʻrnatilgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini tezkorlik bilan olishda qulaylikni va ularni joylashtirish talablariga rioya etilishini taʼminlashi lozim. 28. Yongʻinga qarshi qalqon va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining rangi va boʻyash sxemasi GOST 12.4.026-2015 standartiga muvofiq amalga oshiriladi. 29. Yongʻinga qarshi qalqon eshiklarining tashqi tomonida qum uchun quti, suv uchun bochkalar va stendlarda ularning tartib raqamlari va eng yaqin yongʻin-qutkaruv qismining telefon raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi qalqonlarning tartib raqami “YOQQ” harfli indeksdan soʻng koʻrsatiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.