VM qarori № 649, 75-boʻlim

2-bob. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

3. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq mohiyati va vaqti boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: kirish, birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli. 4. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq (keyingi oʻrinlarda — yoʻl-yoʻriq) yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar (mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis, yongʻin xavfsizligi boʻyicha muhandis, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq ushbu vazifalarni bajaradigan boshqa shaxslar), ular yoʻqligida — tashkilot rahbari tomonidan beriladi. 5. Kirish yoʻl-yoʻrigʻining maqsadi xodimni tashkilotdagi ish sharoitlari, uning yongʻinga qarshi rejimi va yongʻin xavfsizligini taʼminlashning asosiy jihatlari bilan tanishtirishdan iborat. 6. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi: maʼlumoti, mutaxassisligi, ish stajidan qatʼi nazar tashkilotda doimiy yoki vaqtincha ishlash uchun qabul qilingan shaxslar bilan; tashkilotda yoki uning hududida ishlarni amalga oshirishga (xizmat koʻrsatishga) jalb qilingan boshqa tashkilotlar xodimlari bilan; vaqtincha xizmat safariga yuborilgan yoki tashkilotda ishlab chiqarish boʻyicha oʻquv mashgʻulotiga (amaliyotiga) birinchi marta kelgan ishchilar bilan; oʻquv laboratoriyalarida, ustaxonalarda, ishlab chiqarish maydonlari va poligonlarida laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar boshlanishidan oldin oliy va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlari talabalari bilan oʻtkazilishi kerak. 7. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi maxsus ajratilgan xonada oʻtkazilishi kerak. Ushbu xona zarur koʻrgazmali qurollar, yongʻin xavfsizligi qoidalari, yongʻindan himoya qilish texnik vositalarining namunalari, obyektda mavjud boʻlgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. 8. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi quyidagi masalalarni oʻrganishni oʻz ichiga olishi kerak: obyektning yongʻin va portlash xavfi boʻyicha oʻziga xos xususiyatlari haqida umumiy maʼlumot; ushbu tashkilotda (shu kabi toifadagi tashkilolarda) sodir boʻlgan yongʻinlarning sabablarini inobatga olgan holda yongʻinlarning oldini olish chora-tadbirlari; tashkilotning yongʻinga qarshi rejimiga qoʻyiladigan talablar; xodimlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari; yongʻin xavfsizligi belgilari; yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari xususiyatlari, yongʻindan himoya qilishning texnik vositalari va ulardan foydalanish tartibi; yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi (yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini chaqirish, odamlarni va tovar-moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻindan himoya qilishning texnik vositalaridan foydalanish, yongʻindan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish usullari). 9. Oʻtkazilgan kirish yoʻl-yoʻrigʻi yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etiladi. 10. Birlamchi yoʻl-yoʻriqning maqsadi boʻlinmaning yongʻin xavfsizligini taʼminlashda ish joyida ishlarni bajarishda rioya qilinishi lozim boʻlgan qoidalar bilan tanishtirishdan iborat. 11. Birlamchi yoʻl-yoʻriq quyidagi shaxslar bilan oʻtkazilishi lozim: yongʻinga qarshi kirish yoʻriqnomasidan oʻtgan va ish joyiga kelgan; bir boʻlinmadan boshqasiga oʻtkazilganda, agar yongʻin xavfi va (yoki) yangi ish joyi uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining talablari avvalgisidan farq qilsa. 12. Birlamchi yoʻl-yoʻriq bevosita ish joyida beriladi. 13. Birlamchi yoʻl-yoʻriq tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha yoki yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalariga asosan yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va aloqa vositalarini majburiy namoyish etgan holda amalga oshiriladi. 14. Birlamchi yoʻl-yoʻriq quyidagi masalalarni oʻrganishni oʻz ichiga olishi shart: modda va materiallarning portlash-yonish xavfliligi; yongʻin va portlashning oldini olish choralari, ularning kelib chiqishi manbalari; yoʻl-yoʻriq berilayotgan xodim tomonidan ish bajariladigan ishlab chiqarish maydonchalari va xonalarning yongʻin xavfi xususiyatlari; mavjud yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, aloqa vositalari, yongʻinni oʻchirishda texnika xavfsizligi; ish joyidagi yongʻinga qarshi rejim (hududni saqlash, oʻtish joylari va yoʻllari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga borish yoʻllari, chekish rejimi va boshqa talablar). 15. Takroriy yoʻl-yoʻriqning maqsadi xodimning bilimlarini mustahkamlash va uzoq muddatga barqaror shakllanishi uchun tashkilotdagi yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablarini takrorlashdan iborat. 16. Malaka, maʼlumot, ish staji, bajarilgan ishning xususiyatidan qatʼi nazar barcha xodimlar olti oyda kamida bir marta birlamchi yoʻl-oʻyriq dasturiga binoan takroriy yoʻl-yoʻriqdan oʻtadilar. 17. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriqning maqsadi xodimlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi bilimlarni yangilash hamda ularga yangi maʼlumotlarni yetkazishdan iborat. 18. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq quyidagi holatlarda oʻtkaziladi: yongʻin xavfsizligi boʻyicha yangi yoki oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirganda (bunda yoʻl-yoʻriq va keyingi bilimlarni tekshirish faqat mazkur normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va ish faoliyati yangi (oʻzgartirilgan) talablar bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar uchun taalluqli); texnologik jarayon oʻzgarganda (shu jumladan, yangi ishga oʻtishda), qurilmalar, jihozlar va asboblar almashtirilganda yoki modernizatsiya qilinganda hamda yongʻin xavfsizligiga taʼsir etuvchi boshqa omillarning paydo boʻlgandada (bunda yoʻl-yoʻriq va keyingi bilimlarni tekshirish faqat mazkur oʻzgartirishlarga muvofiq tegishli texnologik jarayonni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar bilan oʻtkaziladi); xodimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi oqibatida yongʻinlarga va (yoki) portlashlarga olib kelishi mumkin boʻlganda yoki ular sodir boʻlganda (bunda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq oʻtkaziladi va bu boradagi bilimlari tekshiriladi); davlat yongʻin nazorati organlari (obyektning mansabdor shaxslari) tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida yongʻin xavfsizligi talablari buzilishi hamda ular yetarli darajada oʻzlashirilmaganligi aniqlanganda. Bunda mansabdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan asosli takliflar va yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatiga muvofiq rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq oʻtkaziladi va bu boradagi bilimlari tekshiriladi; obyektda sodir boʻlgan yongʻinlardan yoki shunga oʻxshash obyektlardagi yongʻinlar (portlashlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushgandan soʻng — barcha xodimlar bilan. 19. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq oʻtkazilganligini roʻyxatga olishda uning sabablari koʻrsatiladi. 20. Yongʻinga qarshi maqsadli yoʻl-yoʻriq tegishli xodimlar bilan quyidagi zarur hollarda oʻtkazladi: lavozim (kasb) uchun bevosita majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlmagan bir martalik ishlarni bajarishda; avariyalar, tabiiy ofatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda; naryad-ruxsatnoma beriladigan ishlarni amalga oshirishda. 21. Maqsadli yoʻl-yoʻriq ishlar bajariladigan joyga kelishdan oldin beriladi. 22. Yongʻinga qarshi birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish ish faoliyatini olib borayotgan tarkibiy tuzilmalarda obyekt rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan, yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan oʻtkaziladi. 23. Naryad-ruxsatnoma boʻyicha olovli ishlarni olib borayotgan shaxslarga maqsadli yoʻl-yoʻriq berilganligi toʻgʻrisida naryad-ruxsatnomaga tegishli belgi qoʻyiladi. 24. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni yakka tartibda yoki bir guruh shaxslarga berishga ruxsat etiladi (umumiy ish joyida bir xil turdagi uskunalarda ishlayotgan shaxslarga — ish joyida birlamchi, takroriy va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish, shuningdek, ishlarning (xizmatlarning) bitta turini bir xil lavozimda bajarayotgan shaxslarga — rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish). 25. Yoʻl-yoʻriqlarni berish (kirish va maqsadlidan tashqari) ish joyida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni (yongʻin sodir boʻlgan taqdirda) tekshirish orqali yakunlanadi. Bilimlarni tekshirish yoʻl-yoʻriqni oʻtkazgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu shaxs tekshirishning xolisligi uchun javobgardir. Nazariy bilimlarni sinab koʻrish uchun testlardan, shu jumladan, dasturiy taʼminot orqali foydalanishga ruxsat beriladi. 26. Navbatdan tashqari bilimlarni tekshirishga davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari davomida ruxsat beriladi. Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha bilimlarni navbatdan tashqari tekshirish xajmi va tartibi uni oʻtkazishga tashabbuskor tomonidan, yoʻl-yoʻriqlarda berilgan materiallar xajmini hamda obyekt faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini (texnologik jarayoni) inobatga olgan holda belgilanadi. 27. Xodimlarning yongʻin xavfsizligi talablari yuzasidan bilimlari oʻz vaqtida tekshirilishini nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 28. Bilim saviyasi (amaliy koʻnikmalari) qoniqarsiz boʻlgan shaxslar ishga qoʻyilmaydi hamda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilib, bilim saviyasi takroran tekshiriladi. 29. Yongʻinga qarshi birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazilganligi toʻrisida yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriklarni qayd etish jurnaliga belgilar qoʻyiladi. Bunda tegishli yoʻl-yoʻriq dasturining nomi yoki yongʻin xavfsizligi boʻyicha raqami koʻrsatilishi shart. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlar ularni oʻtkazgan hamda yoʻl-yoʻriqdan oʻtgan shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. 30. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriklarni qayd etish jurnali raqamlangan, tikilgan va muhrlanib, korxona rahbarining yoki yoʻriqnomani oʻtkazishga masʼul shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Jurnallar oxirgi belgi qoʻyilgan kundan boshlab 3 yil davomida saqlanadi. 31. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni (kirish, boshlangʻich, takroriy) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar bilan birlashtirishga ruxsat etiladi, agar yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqga tegishli masalalar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq dasturida toʻliq hajmda nazarda tutilgan boʻlsa.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.