VM qarori № 649, 73-boʻlim

Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 1-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalariga qoʻyiladigan TALABLAR

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Obektlarda (fuqarolar mulki boʻlgan yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar ishlab chiqilishi kerak: a) yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnoma; b) tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choaralari boʻyicha yoʻriqnomalar; v) texnologik uskunalardan foydalanish va avariya rejimida ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar; g) yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarini hamda yongʻinga qarshi avtomatik qurilmalarni ishlatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar; d) elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha yoʻriqnomalar; e) odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini belgilaydigan yoʻriqnomalar; j) olovli ishlarni oʻtkazishda xavfsizlik choralari boʻyicha yoʻriqnomalar; z) “yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish” ish tartibida ishlaydigan liftlardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar; i) yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlari tartibi va boshqalar. Obyektda faqat yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnomani ishlab chiqishga ruxsat beriladi. Bunda qolgan yiriqnomalarning asosiy talablari, uning boʻlimlari sifatida kiritilishi kerak. 2. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari binolar (inshootlar), ularning yongʻin xavfi boʻyicha xususiyatlarini, texnologik jarayonlar, texnologik va ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olgan holda Yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda yongʻin xavfsizligi talablarini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilishi kerak. 3. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari ushbu sohada yangi talablar (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar) kuchga kirganda, obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga talablar oʻzgarganda hamda yuqori boshqaruv organlarining tegishli topshiriqlari asosida davriy ravishda qayta koʻrib chiqilishi kerak. 4. Obyektlarda Yongʻin xavfsizligi qoidalari asosida ishlab chiqarish xususiyatlari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda oʻz yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ushbu yoʻriqnomalar Yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlmasligi hamda uning talablarini pasaytirmasligi kerak. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnomalar obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagi talablarni aks ettirishi kerak: a) hududni, shu jumladan, yoʻllar, binolarga (inshootlarga) kirish joylarini saqlash tartibi; b) yongʻin sodir boʻlganda odamlarning xavfsizligini taʼminlash uchun binolarni (inshootlarni) saqlash tartibi; v) yongʻin rejimiga va uning bajarilishi boʻyicha korxonadagi barcha ishchilarning majburiyatlari; g) obyektda ishlarni bajarishda pudratchilar (subpudratchilar) tomonidan yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralari; d) yongʻinga qarshi suv manbalari, yongʻinga qarshi vositalar, yongʻin signalizatsiyasi va aloqa vositalarini saqlash; e) chekish uchun joylar, ularni jihozlash va saqlash tartibi; j) yongʻindan saqlash xizmatini chaqirish tartibi; z) binolarga (xonalarga) kirish va ularning kalitlarni saqlash tartibi. Tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choaralari boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak. a) ishlab chiqarish jarayonlari uchun ularga rioya qilmagan taqdirda yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan maxsus yongʻinga qarshi choralari; b) texnologik uskunlar, sigʻimli inshootlar va agregatlarda ularni foydanish uchun ishga tushirishga tayyorlashda hamda taʼmirlashdan soʻng yongʻin xavfsizligi choralari; v) omborxonada, ustaxonada, laboratoriyada, sexda yongʻin xavfi mavjud moddalar va materiallarni saqlash tartibi va meʼyorlari; g) ochiq olovli qurilmalardan foydalanish tartibini hamda olovli ishlarni bajarish uchun maxsus jihozlangan joylarni tashkil qilish; d) yonuvchan materiallarni yigʻish, saqlash va xonadan olib chiqish tartibi, maishiy xonalarni saqlash hamda maxsus kiyim-boshlarni saqlash tartibi; e) mavjud yongʻinga qarshi vositalarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi hamda ular ustidan texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha javobgarlik taqsimoti; j) yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlarini, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (avariya-qutqaruv xizmatini) chaqirish va koʻngilli yongʻin oʻchirish drujinalari aʼzolarini yigʻish usullari; z) yongʻin sodir boʻlganda texnologik uskunalarni toʻxtatish, ventilyatsiya tizimlarini oʻchirish, xodimlarni hamda moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tartibi; i) xonalarni berkitishdan oldin koʻzdan kechirish tartibi. Texnologik uskunalardan foydalanish va avariya rejimida ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: a) yongʻin xavfsizligi talablari (ishlab chiqarish sharoitlariga mos holda); b) havo uzatish tizimlarini, yongʻinga qarshi klapanlarni, shamollatish tizimlarini, filtrlar va boshqa qurilmalarni tozalash muddatlari; v) yongʻin sodir boʻlganda ishchi-xizmatchilarning harakatlanish tartibi. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarini hamda yongʻinga qarshi avtomatik qurilmalarni ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni belgilashi lozim: a) obyektning tegishli boʻlinmalari oʻrtasida yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari va yongʻinga qarshi suv taʼminoti uchun javobgarlik hudud chegaralari; b) suv taʼminoti tizimlari va yongʻin avtomatika uskunalarini oʻrnatish hamda ularni taʼmirlash ustidan nazorat tartibi; v) texnik hujjatlarni yuritish talablari. Ushbu yoʻriqnomalar namunaviy yoʻriqnomalar, shuningdek, oʻrnatilgan qurilmalarning loyiha hujjatlari va pasport maʼlumotlari asosida ishlab chiqilib, obyektning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Yongʻin-texnik komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda qayta koʻrib chiqiladi. Elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: a) texnologik jarayondagi moddalar va materiallar, jihozlarning yongʻin xavfi; b) elektr inshootlaridagi yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻin xavfsizligi talablari, shu jumladan, binolar (inshootlar), xonalarning yongʻin xavfini hisobga olgan holda. Ushbu turdagi yoʻriqnoma energetika obyektlari uchun ishlab chiqiladi (boshqa obyektlar uchun talablarni boshqa yoʻriqnomalarning tegishli boʻlimlariga kiritishga ruxsat beriladi). Odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini belgilaydigan yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: a) odamlarni xavfsiz zonaga imkon qadar tezroq evakuatsiya qilish imkoniyatini taʼminlaydigan eng xavfsiz evakuatsiya yoʻllari va chiqishlarining roʻyxati; b) birinchi va keyingi navbatdagi evakuatsiya qilish tartibi; v) qoʻshimcha yonish oʻchoqlari, sarosima va boshqa holatlar yuzaga kelishini istisno qiladigan choralar. Odamlar koʻp va (yoki) kun davomida ishlaydigan binolar uchun yoʻriqnomalar odamlarni xavfsiz va tezkorlik bilan evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini aks ettirishi kerak. Tunda odamlar qoladigan obyektlar (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, internatlar, kasalxonalar va boshqalar) uchun yoʻriqnomalarda harakatlarning ikkita varianti koʻzda tutilishi kerak: kunduzi va tungi. Olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar vaqtincha va doimiy joylarda olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus talablarni belgilaydi. “Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish” ish rejimiga ega liftlarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, yongʻin-qutqaruv xizmati bilan kelishilgan va tashkilot tomonidan belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilgan, belgilangan loyixa hujjatlari va pasport maʼlumotlari asosida ishlab chiqiladi. Yoʻriqnoma bevosita lift kabinasining boshqaruv tizimi yonida oʻrnatiladi. Yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlari tartibi Yongʻin xavfsiziligi qoidalarning 4-bobini va texnologik ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Yongʻin sodir boʻlgan taqdirda xodimlarning harakatlanishi tartibi obyektning yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha umumiy yoʻriqnomasiga yoki tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha koʻrsatmalarga kiritilishiga ruxsat beriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.