VM qarori № 649, 66-boʻlim
3-§. Kalsiy karbidi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
797. Kalsiy karbidi zaxiralari quruq, shamollatib turiladigan omborxonalarda poldan 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda saqlanishi kerak. Omborxonaning oynalari oq rangga boʻyalgan boʻlishi kerak. 798. Kalsiy karbidini saqlash uchun omborlarni yertoʻlalarda, suv quvurlari mavjud boʻlgan va isitiladigan xonalarda, suv toʻplanishi ehtimoli mavjud joylarda hamda ochiq maydonlarda tashkil etish taqiqlanadi. 799. Kalsiy karbidini saqlash va tashish “Karbid” yozuvli germetik yopiladigan metall idishda (barabanda) amalga oshirish zarur. 800. Atsetilenli uskunalar boʻlgan xonalarda kalsiy karbidi uchun oraliq saqlash ombori boʻlmagan holda bir vaqtning oʻzida 200 kg dan ortiq boʻlmagan kalsiy karbidini saqlashga ruxsat etiladi, ushbu miqdorda bir barabandan ortiq boʻlmagan modda ochiq holda boʻlishi mumkin. Kalsiy karbidi barabanlari omborlarda gorizontal yoki vertikal holatda saqlanishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan omborlarda kalsiy karbidi barabanlari vertikal holatda 2 qatordan koʻp boʻlmagan, gorizontal saqlanishda esa 3 qatordan koʻp boʻlmagan holatda saqlanadi. Baraban qatorlari orasiga qalinligi 40 — 50 mm boʻlgan yogʻoch taxta joylashtirilishi kerak. Kalsiy karbidi barabanlari taxlangan shtabellar oʻrtasidagi oʻtish joylarining oraligʻi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. 801. Kalsiy karbidi ombori binosi va boshqa binolar (inshootlar) orasidagi yongʻinga qarshi oraliq masofasi 20 m dan kam boʻlmasligi kerak. 802. Kalsiy karbidini boshqa materiallar va mahsulotlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 803. Kalsiy karbidi omborlarida quyidagilarga: a) karbid changining toʻplanishiga; b) idishlar va boshqa materiallar saqlanishiga; v) barabanlarni ochishga; g) kalsiy karbidini maydalash hamda uni ochiq barabanlarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 804. Kalsiy karbidi omborlaridan 10 m dan yaqin boʻlgan masofada olovli ishlarni olib borish taqiqlanadi. 805. Kalsiy karbidi omborlaridagi yongʻinlarni oʻchirishda suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yongʻin oʻchirish ishlari quruq qum yoki uglekislotali oʻt oʻchirgichlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 65. 2-§. Qattiq yoqilgʻi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 67. 4-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 624-§. Yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozlarni ishlab chiqarish sanoati obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 635-§. Gugurt ishlab chiqarish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 6439-bob. Saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy maqsaddagi omborlar va bazalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 652-§. Qattiq yoqilgʻi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 674-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 685-§. Yonuvchi gazlar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 696-§. Dorixonalar va ularning omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 7040-bob. Qurilish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.