VM qarori № 649, 62-boʻlim

4-§. Yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozlarni ishlab chiqarish sanoati obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

714. Trasporterlarning yonuvchi estakadalarini uchastkalarga (koʻpi bilan 50 m masofada), kamida 10 m uzunlikdagi yongʻindan himoya qilish zonalariga boʻlish kerak. Yongʻinga qarshi zonalari tashkil etilgan joylardagi estakadalar, soz holatdagi yongʻin oʻchirish joʻmraklari boʻlgan quruq quvurlardan iborat boʻlishi va ularning diametri belgilangan oʻlchamlarga mos kelishi kerak. Quruq quvurlar soz holatdagi suvni ishga tushiruvchi moslamalar (nasoslar, elektr zadvijkalar)ga ega boʻlishi kerak. 715. Quritish xonalari, shuningdek, yogʻochni saqlash joylari muntazam ravishda qirindi va boshqa chiqindilardan tozalanishi kerak. Materiallarni yuklash uchun belgilangan maksimal ruxsat etilgan meʼyorlardan va quritish qurilmasining ruxsat etilgan harorat rejimidan oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar yoʻlkalarni toʻsib qoʻymasligi va yogʻoch shtabellarda saqlanishi kerak. 716. Yogʻochni qayta ishlash sanoatida oʻtin yoki chiqindilarni saqlash uyumlarda amalga oshirilishi kerak. Uyumlarning maksimal saqlash oʻlchamlari uzunligi 120 m dan, kengligi 50 m dan oshmasligi va balandligi 14 m gacha boʻlishi kerak. 717. Yogʻochni qayta ishlash va yogʻochsozlik sanoatida yogʻochga kirib qolgan metall boʻlaklar yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib, kesuvchi asbobni ishga tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 718. Yelimli yogʻoch konstruksiyalarni ishlab chiqarishdagi texnologik uskunalar va moslamalar har smenaning oxirida qatronlar va yelimlardan tozalanishi kerak, bino pollari esa har haftada bir marta tozalanishi kerak. 719. Vaqti-vaqti bilan (oʻchib-yonib) ishlaydigan quritish kameralari, kaloriferlarga yogʻoch materiallar har bir yuklanishidan oldin kaloriferlar va vertikal koʻtargichli chuqurlar yogʻoch chiqindilari hamda changlardan tozalanishi kerak. 720. Gaz quritish qurilmalarining dudburonlaridagi uchqun ushlagichlar holati har smenada kamida bir marta tekshirilishi shart. Dudburonlarda yoriqlar mavjud hamda uchqun ushlagichlar nosoz boʻlsa quritish qurilmalarini ishlatish taqiqlanadi. Dudburon tizimining gaz chiqarish devorlari va dudburon quvurini kondensatsiyalashda ajralib chiqqan moy mahsulotlardan oyiga kamida ikki marta tozalash kerak. 721. Quritish kameralarining oʻt qalash joylari bir oyda kamida ikki marta tozalanishi kerak. 722. Moy mahsulotlari toʻldirilgan uskunalarni ishlatishda moy sizib chiqishi va toʻkilishini, shuningdek, yogʻoch qurilmalari va buyumlariga singdirilishini istisno qiluvchi choralar koʻrilishi kerak. 723. Yelimni isitish bugʻ yoki soz holatdagi yopiq turdagi elektr isitish qurilmalari yordamida amalga oshirish kerak. 724. Ignabargli daraxt turidan qilingan shponlarni quritishda gaz-havo aralashmasining retsirkulyatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 725. Ohakni kuydirish va regeneratsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi: a) pechni tayyorgarlikdan oʻtmagan xodimlar tomonidan ishlatish (yoqish); b) pechga yetkazib beriladigan havo va chiqadigan gazlar hajmi oʻrtasidagi belgilangan nisbat buzilganda, pech dudburonining tortish kuchi boʻlmaganda foydalanish hamda uni nazoratsiz qoldirish. 726. Kesish, pardozlash, saralash va qadoqlash sexlari va uchastkalarida quyidagi talablar bajarilishi kerak: a) parchalarni, tolalarni hamda changlarni mexanik ravishda tozalash uchun qurilmalar yoʻqligida hamda ular nosoz boʻlganda foydalanishni taqiqlash; b) sellyuloza, qogʻoz va karton boʻlaklarini yetkazib berish vositalarining uzatuvchi kanal va chuqurlarida toʻplangan qogʻoz va kichik karton boʻlaklarini smena davomida kamida bir marta tozalash; v) kalandrirovaniye (ishlov berish) uchun qurilmalarning statik elektr tokini yerga ulash moslamasi har kuni ish boshlanishidan oldin tekshirish. 727. Gorizontal holatdagi vagonli retort va koʻmir pechlarini ishlatishda quyidagilar taqiqlanadi: a) quritish moslamasi eshiklarini tutun tortgich ishlab turgan holatida va tutun tortgich shiberini ochiq turgan holatda ochish; b) havo yubormasdan retort oʻchogʻiga oʻt qalash; v) bugʻlar va gazlar oʻtishiga imkon beradigan va takozlar bilan toʻliq jamlanmagan eshiklari zich yopilmagan retortdan foydalanish; g) retort sexidan tashqarida yonayotgan koʻmirni tashish; d) portlash xavfi mavjud boʻlgan gaz aralashmasi hosil boʻlishining oldini olish uchun oʻchirish qutisini toʻliq toʻldirmaslik; e) retortlarni ortish va tushirish gaz magistralining zadvijkalari ochiq holda amalga oshiriladi. 728. Retort sexining koʻmir saqlash maydoni, harakatlanuvchi dastgohlar (lebedkalar) oʻrnatilgan ombor, chuqurlar (kotlovanlar) har smenada kamida bir marta koʻmir qoldiqlaridan tozalanishi kerak. 729. Bosim ostida ishlaydiagan pechning kondensatsiya tizimi germetik boʻlishi kerak. Kondensatsiyalanmagan gazlar tarkibidagi kislorod mavjudligini har smenada kamida bir marta tekshirish shart. 730. Polimerizatsiyalangan va modifikatsiyalangan konifolni, kanifol efirini, modifikatsiyalangan kanifol qatroni va yelimlarini ishlab chiqarishda quyidagi talablarga amal qilish kerak: a) maleinali angdrid bilan kanifolni modifikatsiya qilish jarayonida yongʻinning oldini olish uchun qisman omilenlangan kanifoldan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik; b) reaktor yuklangandan keyin uning qopqogʻi tozalanishi va germetik yopilishi kerak; v) reaktor devorlari va tubidagi mahsulot qoldiqlari oʻz-oʻzidan alangalanishining oldini olish maqsadida lyuk qopqogʻi 180 °C dan yuqori haroratda ochilishiga ruxsat berilmaydi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.