VM qarori № 649, 64-boʻlim

39-bob. Saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy maqsaddagi omborlar va bazalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

743. Yonuvchi moddalar agregat holatidan qatʼi nazar oksidlovchi moddalardan alohida saqlanishi kerak. 744. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, qattiq va gazsimon yonuvchi materiallar, havoda oʻz-oʻzidan alangalanadigan, suv va bir-biri bilan taʼsirlashadigan moddalar hamda organik va noorganik peroksidlar alohida omborlarda, seksiyalar va boʻlinmalarda saqlanishi kerak. 745. Qurum, grafit, maydalangan va kukunsimon polimerlar alohida quruq xonalarda yoki atmosfera yogʻinlari va yer osti suvlaridan himoyalangan xonalarning boʻlimlarida saqlanishi lozim. 746. Omborlar rampalarida, platformalarda va panduslarda yuklarni, idishlarni va yuklash mexanizmlarini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 747. Tovar-moddiy boyliklarni (yonuvchi qadoqlarda yonuvchi va yonmaydigan mahsulotlarni) ochiq maydonda saqlashda bitta seksiya (shtabel) maydoni 300 m2 dan oshmasligi kerak. Seksiyalar (shtabellar) orasidagi yongʻinga qarshi oraliqlar 6 m dan kam boʻlmasligi kerak. 748. Aerozol paketlarini oksidlovchi yonadigan suyuqliklar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan bitta xonada saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Aerozol paketlarini faqat yopiq idishlarda va yopiladigan konteynerlarda, konteynerlarga quyosh nuri taʼsir etmaydigan alohida hollarda bostirma ostida yoki ochiq maydonlarda saqlashga ruxsat beriladi. 749. Aerozol paketlarini yordamchi xonalarda saqlashda xonalarning maydoni 20 m2 dan oshmasligi kerak. 750. Maydoni 1000 m2 va undan ortiq seksiyalar hamda seksiyalarga ajratilmagan omborlarda shtabellarning kengligi va uzunligi 25 m dan oshmasligi kerak. 751. Tovarlarni va yuklarni suriladigan tokchali stellajlarda saqlashda oʻtish yoʻllarining oʻlchami: stellajlar bir tomonlama joylashganda — suriladigan tokcha kengligining yarmiga; stellajlar ikki tomonlama joylashganda — suriladigan tokcha kengligida kengaytirilishi kerak. 752. Zaxarli metallar, shuningdek, kimyoviy faol metallar boshqa modda va materiallardan alohida saqlanishi kerak. 753. Bitta binoda quruq va tayyor boʻyoqlarni saqlashda ular alohida joylarga joylashtirilishi kerak. 754. Ichki yonish dvigatelli transport vositalari va boshqa mexanizmlarni yonuvchi mahsulotlar yoki yonuvchi qadoqlar saqlanayotgan omborlarda ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi. 755. Kimyoviy moddalar saqlanadigan stellajlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi va isitish asboblaridan kamida 1 m masofada joylashtirilishi kerak. 756. Kichik idishlardagi kimyoviy moddalar ochiq stellajlarda yoki shkaflarda, katta idishlarda esa shtabellarda saqlanishi kerak. 757. Metalli kaliy va natriyni oʻchirishda kukunli oʻt oʻchirgich, quruq qum va quruq magneziyadan foydalanish kerak. Yongʻinni oʻchirishda suv va uglekislotali oʻt oʻchirgichlardan foydalanish taqiqlanadi. 758. Pirofor metallar omborning alohida boʻlinmalarida germetik idishlarda passivlangan holatda saqlanishi kerak. 759. Oldindan faoallashtirilishi toʻxtatilgan metallar (aluminiy, ruh, sirkoniy, titan) kukunlari namlik va havo oʻtkazmaydigan germetik idishlarda saqlanishi kerak. Bu boʻlinmalarda boshqa moddalar saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 760. Yongʻinda erishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar saqlanadigan xonalar eritmaning erkin oqimini cheklovchi qurilmalar (qirralar, ostonalar, panduslar va boshqalar) bilan taʼminlanishi kerak. 761. Kislotalar saqlanadigan joyda toʻkilgan kislotani zararsizlantirish uchun eritmalar boʻlishi kerak. Kislotalar saqlanadigan joy oldindan belgilangan boʻlishi shart. 762. Belgilangan talablarga javob bermaydigan idishlarga solingan kimyoviy moddalarni omborlarga qabul qilish, ularni saqlash va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. 763. Oʻz-oʻzidan alangalanuvchi materiallarni stellajlarga yoki polga faqat bir qatorda balandligi boʻylab joylashtirishga ruxsat etiladi. 764. Iidishlarga joylanmagan holatdagi kimyoviy moddalar (kaliy, superfosfat) alohida omborlarda toʻkilgan uyum holatida alohida-alohida, uzoq yotib bosilib ketadiganlar uchun balandligi 2 m dan, uzoq yotib bosilib ketmaydiganlar uchun esa 3 m dan oshmagan holda saqlanishi kerak. 765. Ammiakli selitra alohida chordoqsiz bir qavatli olovga bardoshliligi I va II darajali boʻlgan binolardagi yonmaydigan pollarda saqlanishi kerak. 766. Kuchli taʼsir etuvchi oksidlovchi moddalar (magniy va kalsiy xlorat, vodorod peroksid va boshqalar) olovga bardoshliligi I, II va III darajali boʻlgan binolarning alohida boʻlinmalarida saqlanishi lozim. 767. Ammiakli selitrani saqlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak: a) ammiakli selitra saqlashga moʻljallangan binolar (boʻlmalar) quruq va toza boʻlishi hamda ularda ilgari saqlangan moddalarning qoldiqlari boʻlmasligi kerak; b) ammiakli selitra omborxonalariga (devorlari va darvozalariga) “Ammiakli selitra” yozuvi oʻrnatilgan boʻlishi kerak; v) tik turuvchi poddonlardan foydalanishda ammiakli selitra shtabellarining balandligi 4,4 m gacha boʻlishiga ruxsat beriladi. Yassi poddonlarni ikki qavatda oʻrnatish mumkin. Poddonsiz qoplarni saqlashda ular 8-10 qatorda 1,5-1,8 m balandlikda taxlanadi. 768. Modda va materiallarni tranzit elektr kabellari oʻtgan, yogʻ-moy toʻldirilgan apparaturalar mavjud hamda gaz kommunikatsiyalari joylashgan xonalarda saqlash taqiqlanadi. 769. Omborxonalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar aralashmalarini tayyorlash, nitro boʻyoqlar, lok va emallarni eritish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi. 770. Boʻyoqlar saqlanadigan omborlarning tabiiy shamollatish qopqoqlari doimo ochiq turishi kerak. 771. Kauchuk va avtoshinalarni omborga joylashtirishda quyidagi talablarga amal qilish zarur: a) kauchuk va avtoshinalar bir qavatli omborxonalarda saqlanishi zarur, ularni yertoʻla va sokol qavatlarida saqlash mumkin emas; b) avtoshinalarni taxlashda tagliksiz “quduq” shaklida terishga yoʻl qoʻyilmaydi, ular polga tagliksiz terilganda avtoshinalar “qovurgʻasiga” (ularni tezkor evakuatsiya qilish uchun qulay holatda) terilishi kerak. v) avtoshinalarni uyum qilib saqlash mumkin emas; g) hajmi 25 m2 dan katta boʻlgan shinalar saqlash omborlari binoning tashqi devorlari yonida boʻlishi kerak; d) kauchuk va shinalar saqlanadigan stellajlar yonmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak; e) yonuvchi va boshqa materiallarni kauchuk va rezina saklanadigan boʻlimda saqlash mumkin emas. 772. Kimyoviy moddalar saqlanadigan ochiq maydonlar va bostirmalar yogʻingarchilik va quyosh nurlaridan himoyalangan boʻlishi kerak. 773. Kislotalar quyilgan shisha idishlar 2 yoki 4 qatorli guruhlarda saqlanishi kerak. Shisha idishlarning guruhdagi umumiy miqdori 100 donadan oshmasligi lozim. Guruhlar oraligʻida 1 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻllarini qoldirilishi zarur. 774. Ishqorlar va konsentratsiyalangan kislotalar yupqa devorli shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 775. Kislotalar saqlanadigan omborlarda quyidagilar man etiladi: a) kislotali shisha idishlarni qizigan yuzalarga yaqin joyda joylashtirish; b) kislotalarni boshqa modda va materiallar bilan birgalikda saqlash. 776. Omborxonalarda navbatchi avariyaviy yoritkichlardan, gaz plitalaridan, elektr isitish asboblaridan foydalanish hamda rozetkalar oʻrnatish taqiqlanadi. 777. Ish kuni tugaganidan soʻng omborxonaning barcha elektr taʼminoti oʻchirilishi kerak. 778. Omborxonaning elektr yoritkichlarini yoqish-oʻchirish moslamalari xonaning tashqarisida yonmaydigan materiallardan tayyorlangan asosga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.