VM qarori № 649, 63-boʻlim

5-§. Gugurt ishlab chiqarish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

731. Gugurt ishlab chiqarishda: a) ishlab chiqarish xonalari devorlariga, pollarga, shuningdek, asbob-uskunalar va mexanizmlarga yonuvchi massalar hamda parafinlar tushganda zudlik bilan tozalanishi va suv bilan yuvilishi kerak; b) gugurt ishlab chiqarish avtomati (keyingi oʻrinlrada — avtomat) sexining polini tozalash va yuvish har smenada kamida 2 marta amalga oshirilishi, kanalizatsiya qudugʻining choʻkindi chuqurchasi har bir yuvishdan soʻng tozalanishi lozim; v) avtomat oldida joylashtirilgan yondiruvchi massaning zaxirasi bir marta quyish miqdoridan oshmasligi kerak; g) botirish idishiga tushgan gugurt choʻplarini tozalash jarayoni rangli metalldan tayyorlangan toʻrli belkuraklar yordamida amalga oshirilishi zarur; d) avtomatlarni dam olish kunlariga, profilaktik taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda avariyalarni bartaraf etish maqsadida toʻxtatish gugurtlar yoʻqligida amalga oshirilishi kerak; e) avtomatlarni qisqa muddatga toʻxtatishda botiruvchi plita botiruvchi idish ichiga tushirib qoʻyilishi lozim; j) yondiruvchi massani tayyor mahsulotni saqlash, surtish boʻlimi va quritish qurilmalari yonidan, fosforli massani esa — avtomat sexi va gugurtlarni qadoqlash xonasidan olib oʻtish taqiqilanadi; z) yanchish boʻlimining pollari doimo nam holatda saqlanishi, kimyo sexidagi materiallar zaxirasi kundalik ishlab chiqarish talablaridan oshmasligi kerak. Sexda ish tugagach 100 kg dan ortiq bertolet tuzi va yopilgan bir banka fosforni qoldirishga ruxsat beriladi; i) fosforli yonuvchi aralashmani tayyorlash va saqlash uchun idishlarning sigʻimi 50 kg dan koʻp boʻlmasligi, ular rangli metalldan tayyorlangan boʻlishi, shuningdek, koʻtarish uchun tutqichlarga ega boʻlishi kerak; k) sochilib ketgan bertolet tuzi darhol suv solingan maxsus idishlarga yigʻib olinadi; l) bertolet tuzi va oltingugurtni quruq holda tegirmonda maydalashga yoʻl qoʻyilmaydi; m) fosfor va yondiruvchi massalarning gugurt tayoqlari, gugurt va turli hil chiqindilar bilan yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; n) gugurt massalari uchun kimyoviy moddalarning ogʻirligini oʻlchash maxsus shkaflarda, shamollatish tizimi boʻlgan joyda amalga oshirilishi kerak. 732. Yondiruvchi massani tayyor mahsulotlarni saqlash joylari orqali, choʻplarni quritish boʻlimi, gugurt yotqizish joylari, fosfor massasini qoʻllash uchun avtomatlardan 2 m dan yaqin, fosfor massasini esa — qurilmalardan 2 m dan yaqin masofada tashishga yoʻl qoʻyilmaydi. 733. Yondiruvchi va fosfor massasi har bir almashganda idishlarni boʻshatish va ish tugashi bilan ifloslangan asbob-uskunalar yuvilishi kerak. 734. Gugurt massasini tayyorlash va avtomat sexlarining hamda quti-oʻrash dastgohi ishchilarining ish kiyimlari qiyin alangalanadigan materialdan tayyorlangan boʻlishi yoki yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan shimdirilgan boʻlishi kerak. Shimdirilish har yuvilishidan keyin amalga oshiriladi. 735. Qutilarni qadoqlash mashinalari oldida tayyor gugurtlar zaxirasi har bir mashina uchun 20 qutidan oshmasligi kerak. Oraliq saqlash joylarida tayyor mahsulot miqdori bitta gugurt avtomati ishlab chiqarish hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak. 736. Sochilgan gugurtlarni joylashtirish xonalarida va kassetalarga joylashtirilgan har bir mashina uchun gugurt zaxirasi 10 ta kichik yoki 5 ta katta kassetadan oshmasligi kerak. 737. Qutini toʻldirish mashinalari yaqinidagi gugurt zaxirasi 3 ta kichik kassetadan oshmasligi kerak. 738. Gugurt solingan kassetalar stellajlarda saqlanishi lozim. Ular rangli metalldan tayyorlangan qistirmalar bilan ajratilgan holatda 2 qatordan koʻp boʻlmagan tarzda joylashtiriladi. 739. Sexning bir joyida gugurt solingan 10 tadan ortiq kichik yoki 5 tadan ortiq katta kassetalarni saqlash taqiqlanadi. 740. Gugurt chiqindisi massalarini yigʻish, tashish va yoʻq qilish ishlari tashkilot rahbari tomondan tasdiqlangan yoʻriqnomaga asosan amalga oshiriladi. 741. Gugurt chiqindisi massalari va yogʻoch idishlar obyekt hududidan tashqarida toʻsilgan va qattiq qoplamli maydonlarda utilizatsiya qilinadi. 742. Gugurt chiqindisi massalari utilizatsiya qilish joyiga suv bilan aralashgan holatda olib boriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.