VM qarori № 649, 68-boʻlim

5-§. Yonuvchi gazlar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

811. Yonuvchi gazlarni saqlashda quyidagilarni taʼminlash zarur: a) gaz ballonlari saqlanadigan xonalarning oynalarini oq rangli boʻyoq bilan boʻyash yoki quyosh nurini qaytaruvchi yonmaydigan moslamalar bilan jihozlash; b) ballonlarni ochiq maydonlarda saqlashda ularni quyosh nuri va yogʻingarchilikdan himoyalaydigan qurilmalarni yonmaydigan materiallardan tayyorlash; v) yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlarni kislorod, siqilgan havo, xlor, ftor va boshqa oksidlovchi hamda zaharli gazlar ballonlaridan alohida saqlash; g) guruhli ballonli uskunalarni binoning tashqi (darcha, oyna, eshik joyi boʻlmagan) devorlarida oʻrnatish mumkin. Ballonlar joylashtiriladigan shkaflar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi va portlash xavfi boʻlgan modda yigʻilishiga yoʻl qoʻymaydigan tabiiy shamollatishga ega boʻlishi; d) kislorodli ballonlarni saqlashda va tashishda, ularga moylar (yogʻlar) tushishi va moylangan materiallar bilan ballonning armaturasiga tegish taqiqlanadi. Kislorodli ballonlarni tashishda ularning klapanlaridan ushlashga ruxsat etilmaydi; e) portlash xavfi konsentratsiyasi hosil boʻlishini nazorat qilish uchun xonalarda gaz analizatorlar oʻrnatish. Gaz analizatorlar boʻlmaganda tashkilot rahbari gaz-havo muhitining namunasini olish va nazorat oʻrnatish tartibini belgilashi kerak; j) ballonlardan gaz sizib chiqishi aniqlanganda ular omborxonadan xavfsiz joylarga olib chiqilishi kerak; z) yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlar joylashgan omborlarga metall mix va taqalar qoqilgan oyoq kiyimida kirish taqiqlanadi; i) boshmoqlarga ega boʻlgan, yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlar, vertikal holatda maxsus boʻlmalarda yoki qulashiga yoʻl qoʻymaydigan boshqa uskunalarda saqlanishi kerak. Boshmoqlarga ega boʻlmagan ballonlar, gorizontal holatda ramkalarda yoki stellajlarda saqlanadi. Bunday holatda shtabelning balandligi 1,5 m dan oshmasligi lozim, klapanlari esa himoyalovchi qalpoqlar bilan yopilgan va bir tarafga qaratilgan boʻlishi kerak; k) yonuvchi gazlar omborxonalarida boshqa modda va materiallarni hamda jihozlarni saqlash man etiladi; l) yonuvchi gazlar omborxonalari tabiiy shamollatiladi. 812. Suyultirilgan gazlar va yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yonuvchi moddalar bilan birga tashish man etiladi. 813. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni olib yurish uchun avtoyuklagichlardan foydalanish taqiqlanadi. 814. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yuklash-tushirish ishlarida, tashishda va saqlashda, ularning tushib ketishi va shikastlanishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak. Avtomashinadan ballonlar faqat klapanlarini yuqoriga qaratib olib tushilishi lozim. 815. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni ballonlar bir-biriga urilishi va qulashiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus kuzovli avtomashinalarda tashish lozim. 816. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yuklash-tushirish ishlari avtomashinaning dvigateli oʻchiq holatda amalga oshirilishi kerak. 817. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash xonasining poli uchqun hosil qilmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi lozim. 818. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlar omborxonasining 10 m masofadagi atrofida yonuvchi materiallarni saqlash va olovli ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 819. Ballonlarni saqlash uchun moʻljallanmagan omborlarda yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash man etiladi. 820. Xizmat koʻrsatish xodimlari omborda saqlanayotgan gazning yongʻin xavfini, ballonlarni evakuatsiya qilish tartibini va alangalangan yonuvchi gazlarni oʻchirish tartibini bilishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.