VM qarori № 649, 70-boʻlim
40-bob. Qurilish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
823. Qurilish obyektlarida (hudud, bino, inshoot, qurilish ishlari olib borilayotgan imorat va qurilma, qayta taʼmirlash, funksional vazifasini qayta ixtisoslashtirish, texnik jihatdan qayta jihozlash, qayta tiklash, modernizatsiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash) ishlab chiqarish, ombor va yordamchi bino va inshootlarni joylashtirish qurilish bosh rejasiga mos boʻlishi shart. 824. Obyekt faoliyatini toʻxtatmasdan rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, shuningdek, obyektlarni navbat bilan foydalanishga tushirishda obyekt maʼmuriyati qurilish-montaj tashkilotlari bilan birgalikda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ularning ijrosini taʼminlash uchun buyurtmachi va pudratchi tashkilotlardan masʼullarni buyruq bilan tayinlashi lozim (umumiy obyekt uchun va alohida boʻlimlari uchun). 825. Yonuvchi qurilish materiallarini yongʻinga qarshi oraliqlarda saqlash taqiqlanadi. 826. Yonuvchi qurilish materiallari va buyumlarini, shuningdek, yonuvchi qadoqlardagi asbob-uskunalar va yuklarni ochiq maydonlarda saqlashda ular maydoni 100 m2 dan va balandligi 2,5 m dan koʻp boʻlmagan shtabellar yoki guruhlarda joylashtirilishi kerak. 827. Maydoni 2 va undan ortiq gektarga teng qurilish hududida kamida ikkita qarama-qarshi tashkil etilgan kirish joylari boʻlishi shart. Yoʻllar yilning barcha fasllarida yongʻin-qutqaruv avtomobillari oʻtishi uchun qattiq qoplamaga ega boʻlishi lozim. Kirish joyining eni 4 m dan kam boʻlmasligi kerak. Yoʻllarning boshi berk qismlarida yongʻin-qutqaruv avtomobillarining aylanib olishi uchun halqasimon oʻtish joyi yoki oʻlchami 12x12 m dan kam boʻlmagan maydoncha tashkil etilishi kerak. Qurilish maydoniga kirish joyida qurilayotgan va yordamchi bino va inshootlar, kirish yoʻllari, suv manbalari, yongʻin oʻchirish va aloqa vositalarining joylashuvi, ularga olib boruvchi yoʻl va yoʻlkalar koʻrsatilgan yongʻinga qarshi rejalari oʻrnatilishi shart. 828. Qurilish boshlanishidan oldin, qurilish maydonchasidagi qurilishi rejalashtirilgan binoga nisbatan yongʻinga qarshi oraliqlarda joylashgan barcha bino va inshootlar buzib tashlanishi lozim, bunda ularning eni qurilish meʼyor va qoidalarining talablari bilan aniqlanadi. 829. Qurilish texnikasi va mexanizmlarini, agar bu qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi bilan asoslangan boʻlsa, yongʻinga qarshi oraliqlarga rioya qilmasdan binolar (inshootlar) yaqinida joylashtirishga ruxsat etiladi. Shtabellar (guruhlar) hamda ulardan qurilayotgan va vaqtinchalik binolargacha (inshootlar) yongʻinga qarshi oraliqlar 18 m dan kam boʻlmasligi kerak. 830. Olovga bardoshlilik darajasi IV dan past boʻlmagan va qavatlar soni 10 qavatdan yuqori boʻlmagan binolarda (inshootlarda) vaqtinchalik ustaxona va ombor tashkil etishga ushbu Qoidalarning talablari bajarilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Maʼmuriy-maishiy xonalarni evakuatsiya chiqish joylarining soni normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda 4-qavatgacha joylashtirishga ruxsat etiladi. 831. Obyekt hududida maishiy tirkamalar, blok konteynerlar va boshqa vaqtinchalik inshootlar, obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan joylashish tartibi (qurilishni tashkil etish loyihalari bosh rejasi) asosida joylashtirilishi kerak. Maishiy tirkamalar va blok-konteynerlarning guruhdagi soni 10 tadan ortiq boʻlmasligi (maydoni 800 m2), yongʻinga qarshi oraliqlar 15 m dan kam boʻlmasligi kerak. Vaqtinchalik qurilmalar, qurilayotgan va boshqa mavjud binolardan kamida 18 m masofada yoki yongʻinga qarshi devorlar yoniga joylashtiriladi. Har bir vaqtinchalik bino va maishiy-tirkamalar uning vazifasi, inventar raqami va ularni ishlatishga va yongʻin xavfsizligi holatiga masʼul shaxslar nomi yozilgan yorliqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. 832. Qurilish maydonchalari hududida ish vaqti tugagandan soʻng sutkalik navbatchilikni amalga oshiruvchi shaxslardan tashqari ishchi- xizmatchilar va boshqa shaxslarning boʻlishi (yashashi) taqiqlanadi. 833. Qurilayotgan binoga mebel va boshqa yonuvchi uskunalarni (tasdiqlangan ish jadvaliga muvofiq oʻrnatiladigan uskunalar bundan mustasno) ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti va yongʻin avtomatikasi tizimi ishga tushirilgandan soʻng olib kirishga ruxsat etiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 69. 6-§. Dorixonalar va ularning omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 71. 2-§. Qurilish-montaj ishlarini olib borishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 663-§. Kalsiy karbidi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 674-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 685-§. Yonuvchi gazlar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 696-§. Dorixonalar va ularning omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 712-§. Qurilish-montaj ishlarini olib borishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 72VII-boʻlim. Yakunlovchi qoida — 41-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
- 73Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 1-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalariga qoʻyiladigan TALABLAR
- 74Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 2-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlarning bilimini tekshirish va tayyorgarlik ishlari TARTIBI — 1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.