VM qarori № 649, 65-boʻlim
2-§. Qattiq yoqilgʻi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
779. Koʻmir, oʻtin yoki yogʻochni qayta ishlash sanoatidan hosil boʻlgan ikkilamchi yoqilgʻi va boshqa turdagi qattiq yoqilgʻi saqlanadigan omborxonalar turli xil chiqindilar va oʻsimliklardan tozalangan hamda ularning pol qismi tekislangan va zichlanib mustahkamlangan boʻlishi kerak. 780. Qattiq yoqilgʻi materiallarini organik moddalar boʻlgan yerga taxlash mumkin emas. 781. Obyekt hududi doimiy ravishda shoh-shabbalar, quruq oʻtlar va boshqa yonuvchi chiqindilardan tozalanishi kerak. 782. Omborxonalarda oʻz-oʻzidan yonib ketadigan yoqilgʻini oʻchirish va uni shtabeldan ajratilgandan soʻng sovitish uchun maxsus maydonchalar boʻlishi kerak. 783. Portlab-yonish xavfi xususiyati oʻrganilmagan yoki nomaʼlum boʻlgan yoqilgʻini yoqib yuborish va qattiq yoqilgʻi omborlarida saqlash man etiladi. 784. Omborxonaga uzoq muddatga saqlash uchun olib kelingan yoqilgʻi vagonlardan tushirish ketma-ketligi boʻyicha taxlanishi kerak. 785. Har bir yoqilgʻi turi uchun alohida maydonchalar ajratilishi kerak. 786. Har xil turdagi koʻmirlar alohida shtabellarda saqlanishi kerak. 787. Barcha turdagi qattiq yoqilgʻilarni ularni saqlashga moʻljallanmagan binolarda saqlash taqiqlanadi. 788. Yongʻin-qutqaruv texnikalari omborxona hududida harakatlanishini taʼminlash uchun quyidagi kenglikdan kam boʻlmagan oʻtish joylari nazarda tutilishi kerak: a) shtabellarning (uyumlar) tagliklaridan ajratuvchi devorgacha va kranosti yoʻlining fundamentigacha — 3 m; b) avtoyoʻlning yoki relsning tashqi chegarasidan — 2 m. Oʻtish joylarini qattiq yoqilgʻi bilan va boshqa jihozlar bilan toʻsish taqiqlanadi. 789. Qattiq yoqilgʻining oʻz-oʻzidan qizib ketishi alomatlari tizimli kuzatib borilishi lozim. Shtabellardagi oʻz-oʻzidan yonib ketish alomatlarini belgilangan grafik asosida vizual koʻrikdan oʻtkazish kerak. 790. Koʻmirlar uchun yoqilgʻi haroratini shtabel ichida uskunalar yordamida oʻlchash faqat shtabel orasidagi oʻz-oʻzidan qizish tugamagan holatda va oʻz-oʻzidan qizib ketish oʻchogʻining hajmini aniqlash uchun oʻtkaziladi. 791. Koʻmir shtabellari zichlashtirilgan boʻlishi, ularning harorati shtabellar yonboshiga temir nazorat quvurlari va termometrlarni oʻrnatish yoʻli bilan doimiy kuzatib borilishi zarur, shuningdek, shtabellar orasiga yogʻoch chiqindilar, qogʻoz, somon tushib qolmasligini nazorat qilish kerak. Yoqilgʻi omborlaridagi shtabellar holatining barcha kuzatuv maʼlumotlari (harorati va boshqalar) saqlanayotgan yoqilgʻi toʻgʻrisidagi jurnalga qayd etilishi lozim. Ushbu jurnalga shtabellarning oʻz-oʻzidan qizib ketishi, yuvilishi va boshqa holatlar aniqlanganda koʻrilgan choralar ham kiritilishi zarur. 792. Koʻmirni ochiq holatda saqlash maydonlaridan suvning omborxona hududi tashqarisiga chiqib ketishini taʼminlash zarur. 793. Shtabellardagi yongan koʻmirni oʻchirish va sovitish uchun suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yonib turgan koʻmirni shtabeldan ajratib zaxira maydonchasiga yoyilgandan soʻng uni suv bilan oʻchirish mumkin. Oʻz-oʻzidan yonib ketgan koʻmirni shtabellarga qaytarib qoʻshishga ruxsat etilmaydi. Shtabelda hosil boʻlgan chuqurni namlangan koʻmir bilan toʻldirib, shtabelning sathi bilan tenglashtirib zichlashtirish zarur. 794. Bartaraf etilgan yonish oʻchoqlari har bir smenada nazoratga olinishi zarur. 795. Koʻmir shtabellarining holati ustidan nazorat bir hafta davomida oʻtkazilishi shart. Bu shtabellar holatida yangi oʻz-oʻzidan yonib ketish oʻchoqlari boʻlmaganda ularni saqlash va ishlatish oddiy tartibda amalga oshiriladi. 796. Vagonlardan yonish oʻchoqlari boʻlgan yoqilgʻini bevosita yoqilgʻi shtabeliga yoki yoqilgʻini uzatuvchi uskunaga oʻtkazish, shtabeldan yoqilgʻi uzatish traktiga oʻtkazish man etiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 64. 39-bob. Saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy maqsaddagi omborlar va bazalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 66. 3-§. Kalsiy karbidi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 613-§. Matbaa korxonalari va nashriyotlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 624-§. Yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozlarni ishlab chiqarish sanoati obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 635-§. Gugurt ishlab chiqarish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 6439-bob. Saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy maqsaddagi omborlar va bazalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 663-§. Kalsiy karbidi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 674-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 685-§. Yonuvchi gazlar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 696-§. Dorixonalar va ularning omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.