VM qarori № 649, 67-boʻlim

4-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

806. Texnik xom ashyo mahsulotlarini (paxta, kanop, raps, xmel va boshqalarni) saqlash uyumlarda, shtabellarda, gʻaramlarda, bostirma ostida, yopiq omborlarda amalga oshiriladi, tolalar va kanop loslari (paklya) faqat yopiq omborlarda saqlanadi. 807. Yonuvchi tolali materiallarni ochiq maydonlarda shtabellarda va bostirma ostida saqlashda quyidagilarga rioya etish zarur: a) shtabelning ogʻirligi 300 t dan oshmasligi kerak; b) shtabellarning oʻlchami 22 x 11 m dan va balandligi 8 m dan oshmasligi kerak; v) bitta boʻlmada shtabellar yoki bostirmalar soni 6 ta dan oshmasligi kerak, bunda shtabellar orasidagi masofa 15 m dan kam boʻlmasligi, bostirmalar orasidagi barcha yoʻnalishlarda 20 m dan kam boʻlmasligi kerak; g) bitta guruhda 4 tagacha boʻlma boʻlishi mumkin (24 ta shtabel yoki bostirma), boʻlmalar orasidagi oraliq barcha yoʻnalishlarda 30 m dan kam boʻlmasligi kerak; d) bitta sektorda 4 tagacha guruh boʻlishi mumkin (96 ta shtabel yoki bostirma), guruhlar orasidagi oraliq barcha yoʻnalishlarda 50 m dan kam boʻlmasligi kerak; e) sektorlar oraligʻidagi masofa 100 m dan kam boʻlmasligi lozim. 808. Yonuvchi tolali materiallarni saqlash uchun moʻljallangan ochiq maydonlar, bostirmalar va omborlar uchastkalari toʻsilgan boʻlishi lozim, ulardan toʻsiqlargacha boʻlgan masofa 5 m dan kam boʻlmasligi kerak. Toʻsiq atrofidagi maydon oʻsimliklardan tozalangan boʻlishi kerak. 809. Yengil yonuvchi tolali materiallar faqat toylarda saqlanishiga ruxsat etiladi. Ochiq (bogʻlanmagan) toylar alohida uchastkalarda yoki maxsus ajratilgan maydonlarda yongʻinga qarshi oraliq masofalarga rioya qilgan holda saqlanadi. 810. Uchqun soʻndirgichlarsiz bostirma va shtabellarga temir yoʻl va avtomobil transportini 5 m dan yaqin, traktorlarni esa 10 m dan yaqin masofada harakatlanishi taqiqlanadi. Bu yerlarda cheklovchi toʻsiqlar (bruslar) oʻrnatilishi lozim. Yopiq omborxonalar, bostirma va shtabellarga avtotransport vositalarining kirishi gaz chiqish quvurining teskari tomonidan amalga oshirilishi kerak, bunda gaz chiqish quvuri normativ talablarga javob beradigan va soz boʻlgan uchqun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.