VM qarori № 649, 53-boʻlim
2-§. Parrandachilik va chorvachilik obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
557. Ichki (biriktirilgan) vakuum-nasos, issiqlik ishlab chiqarish, olov yordamida ozuqa pishirish va isitish, shuningdek, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida yirik ozuqa zaxirasini saqlash uchun xonalar yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joylari bilan taʼminlanishi kerak. 558. Chorvachilik va parrandachilik uchun moʻljallangan binolarda transport vositalari, traktorlar va qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun sexlar, omborlar va avtoturgohlarni tashkil etish, shuningdek, xoʻjalikka texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi. Chorvachilik va parrandachilik binolariga uchqun soʻndirgich bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar va qishloq xoʻjaligi mashinalari kirishi taqiqlanadi. 559. Chorvachilik uchun moʻljallangan binolarning darvozalari va eshiklari faqat tashqariga ochilishi hamda toʻsib qoʻyilmagan boʻlishi kerak. Darvoza va eshiklar oldidagi barcha joylar har doim qordan tozalangan boʻlishi kerak. Kirish joylariga ostona, zina va boshqalar oʻrnatilishiga ruxsat etilmaydi. 560. Chorva mollari va parrandalarni saqlash uchun binolarning darvozalari va eshiklari faqat oson ochiladigan zulfinlar yoki ilgaklar bilan yopilishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun qulflardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 561. Chorvachilik fermalarida (majmualarida) 20 yoki undan ortiq bosh qoramollar boʻlganda guruhli bogʻlash usulidan foydalanish kerak. Bogʻlash konstruksiyasi yongʻin sodir boʻlganda hayvonlar binolarni tezda tark etishini taʼminlashi kerak. 562. Jun olish qurilmasining benzinli dvigatelini binolardan 15 m masofada kuruq oʻt va qoldiqlardan tozalangan joyga oʻrnatish kerak. Yoqilgʻi va moylash materiallarini saqlash yopiq metall idishda jun olish joyidan va binolardan 20 m masofada amalga oshiriladi. 563. Jun olish joyida bir smenada toʻplanadigan miqdordan ortiq yunglar yigʻilishi hamda yoʻlaklar va chiqish joylari toʻsib qoʻyilishi taqiqlanadi. 564. Obyekt rahbari chorvachilik va parrandachilik binolarida (agar ularda chorva mollari va parrandalar mavjud boʻlsa) tungi navbatchilikni tashkil etadi. 565. Elektr bruderlarni oʻrnatish va ishlatishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: a) isitish elementlaridan toʻshama va yonuvchi buyumlargacha boʻlgan masofa vertikal boʻyicha kamida 80 sm va gorizontal boʻyicha kamida 25 sm boʻlishi kerak; b) isitish elementlari zavodda ishlab chiqarilgan boʻlishi va choʻgʻlanma zarralarni chiqarishi istisno etilgan boʻlishi kerak. Ochiq isitish elementlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi; v) bruderlarni elektr energiyasi bilan taʼminlash taqsimlagichdan mustaqil liniyalarda amalga oshiriladi. Har bir bruder alohida oʻchirgichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak; g) elektr taqsimlash qutisi elektr tizimidan toʻliq oʻchirish maqsadida oʻchirgichlar, shuningdek, qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish va hokazolardan himoya qurilmalari bilan taʼminlanishi kerak; e) bruder ostidagi harorat rejimi avtomatik ravishda saqlanishi kerak. 566. Mobil ultrabinafsha uskunalari va ularning elektr jihozlari yonuvchi materiallardan kamida 1 m masofada oʻrnatilishi lozim. Elektr va ultrabinafsha uskunalarning eletr taʼminoti simlari pol sathidan kamida 2,5 m balandlikda va yonuvchi konstruksiyalardan 10 sm masofada oʻtkazilishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 52. 35-bob. Qishloq xoʻjaligi obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Qayta ishlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 54. 3-§. Oʻrim-yigʻim va saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 496-§. Televideniye va radioning harakatlanuvchi texnik vositalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5033-bob. Hammomlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5134-bob. Ibodatxonalarning bino va inshootlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5235-bob. Qishloq xoʻjaligi obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Qayta ishlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 543-§. Oʻrim-yigʻim va saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 554-§. Paxta xom ashyosini yigʻish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5636-bob. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 572-§. Gaz ballonli transport vositalariga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.