VM qarori № 649, 49-boʻlim
6-§. Televideniye va radioning harakatlanuvchi texnik vositalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
486. Radio va televideniyening harakatlanuvchi texnik vositalari (avtozvukoperedvijka, harakatlanuvchi elektrostansiyalar va boshqalar) kamida ikkita uglekislotali oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanadi, shulardan bittasi haydovchi kabinasida, ikkinchisi uskunalar turgan salon qismida oʻrnatiladi. 487. Telekoʻrsatuv, videoyozish va radioeshittirishlarni olib borish uchun harakatlanuvchi texnik vositalar obyekt yoniga oʻrnatilganda quyidagilarni: a) harakatlanuvchi texnik vositalarni (avtobuslarni) joylashtirishda, ularning yongʻin sodir boʻlganda xavfli hududdan (zonadan) ortiqcha manyovrlarsiz chiqib ketish sharoitlarini; b) avtobusni oʻt oldirish tizimi oʻchirilgan holda ishonchli qoʻl tormoziga qoʻyish va gʻildiraklar tagiga tirgaklar (bashmaklar) oʻrnatilishini; v) kuchlanish elektr tarmogʻi avtobusning elektr taqsimlash shchitiga ishonchli ulanishini hamda ulanish joylarining (kontakt) qizimasligi va uchqun chiqarmasliginin taʼminlanish lozim. 488. Harakatlanuvchi texnik vositalarni elektr tarmogʻiga ulash ishlari, elektr taqsimlash qurilmalari joylashgan korxonaning elektr tarmogʻiga xizmat koʻrsatuvchi xodimi (elektrigi) tomonidan amalga oshirilishi lozim. Kuchlanish elektr tarmogʻiga harakatlanuvchi texnik vositalar ulanganidan soʻng ularga yonilgʻi va moy mahsulotlarini quyish taqiqlanadi. 489. Avtobus yoʻlga chiqishidan oldin uning texnik holati obyektning avtotransport vositalarining texnik holatiga javobgar shaxs tomonidan koʻrikdan oʻtkazilishi va bu haqida yoʻl varaqasiga belgi qoʻyilishi lozim. 490. Avtobusning yonilgʻi va gaz tizimi ulanish joylaridan benzin, moy, antifriz oqishi (tomishi) kuzatilganda, elektr simlarning va uskunalarning himoya qobiqlari shikastlanganda, elektr simlarda va ulash moslamalarida uchqun chiqish holatlari mavjudligida uning yoʻlga chiqishi qatʼiyan taqiqlanadi. 491. Harakat va ishlash vaqtida yongʻin sodir boʻlishining oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi: a) dvigatel va uning karterida moy va yonilgʻi bilan aralashgan kirlarning yigʻilishi; b) moy va yonilgʻi tekkan mato va boshqa artish uchun ishlatiladigan vositalarni avtobus haydovchisi kabinasida va salonida qoldirish; v) dvigatelni oʻt oldirish uchun karbyuratorga yonilgʻi quyish; g) avtobus salonida va dvigatelni yonilgʻi bilan taʼminlash tizimi yaqinida sigareta chekish; d) yengil alangalanuvchi suyuqliklar va boshqa yonuvchi materiallarni avtobus salonida tashish; e) uskunalarning nosozligini tuzatish va aniqlashda ochiq olovdan foydalanish.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 48. 5-§. Videoyozish blokiga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 50. 33-bob. Hammomlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 452-§. Televizion apparat xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 463-§. Yorugʻlikni tartibga solish stansiyalari, avtotransformator xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 474-§. Telekinoproyeksion apparatxonalar va kino koʻrish zallariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 485-§. Videoyozish blokiga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5033-bob. Hammomlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5134-bob. Ibodatxonalarning bino va inshootlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5235-bob. Qishloq xoʻjaligi obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Qayta ishlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 532-§. Parrandachilik va chorvachilik obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.