VM qarori № 649, 54-boʻlim

3-§. Oʻrim-yigʻim va saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

567. Yigʻim-terim boshlanishidan oldin unda ishtirok etadigan barcha shaxslar yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi kerak. Igʻim-terimga jalb etilgan qishloq xoʻjalik texnikalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (barcha turdagi kombayn va traktorlar ikkitadan oʻt oʻchirgich, belkurak va supurgi) bilan taʼminlangan hamda soz holatdagi uchkun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak. 568. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalariga boshoqli ekinlarni ekishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu zonalardan oʻrib olingan oʻtlar don massivlaridan 30 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilishi mumkin. 569. Boshoqli ekinlar yetilishidan oldin gʻalla maydonlarining oʻrmonlar, dasht zonalari, avtomobil va temir yoʻllari bilan tutashgan joylari kamida 4 m kenglikda oʻrib olinishi va shudgorlanishi kerak. 570. Gʻalla oʻrim-yigʻimi gʻalla maydonlarini kombaynning bir kunlik oʻrish meʼyori hisobida maydonlarga boʻlinishidan boshlanishi kerak. Ushbu maydonlar orasida 8 m dan kam boʻlmagan kenglikda yoʻlaklar ochilishi hamda oʻrilgan gʻalla darhol olib tashlanishi lozim. Oʻrib olingan yoʻlaklar oʻrtasida kengligi kamida 4 m boʻlgan shudgor qilinadi. 571. Vaqtinchalik dala shiyponlari gʻallazorlar, pichan yoki somon gʻaramlaridan va boshqalardan 100 m dan yaqin boʻlmasligi kerak. Vaqtinchalik dala shiyponlari uchun ajratilgan joylar xas-xashak va quruq oʻtlardan tozalanib, kamida 4 m kenglikda shudgorlanishi kerak. 572. Maydoni 25 gektardan ortiq boʻlgan gʻalla maydonlarini oʻrishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin maydonini shudgorlash uchun omochli traktor doimo tayyor boʻlishi kerak. 573. Dalalarda gulxan, xas-xashak va ekin qoldiqlarini yoqish taqiqlanadi. 574. Don xirmonlari bino va inshootlardan 50 m dan, gʻalla maydonlaridan esa 100 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak. 575. Boshoqli ekinlarni yigʻib-terib olish va yem-xashak tayyorlash davrida quyidagilar taqiqlanadi: a) traktorlar va avtomobillardan kapotsiz yoki kapoti ochiq holatda foydalanish; b) traktorlar va avtomobillar dvigatellarining radiatorlaridagi changni kavsharlash lampasi yordamida yoki boshqa usullarda yoqish; v) yongʻinni oʻchirish uskunalari bilan jihozlangan va tunda yoritilgan maxsus maydonlardan tashqari maydonlarda transport vositalariga yonilgʻi quyish. 576. Ichki yonuv dvigatellariga ega boʻlgan transport vositasining haydovchisi dvigatel, kollektor, tutun chiqarish quvuri, uchqun soʻndirgich yuzasini chang va qurumdan smena davomi kamida 2-3-marta tozalab turishi kerak. 577. Traktorlar, elektr mashinalar va boshqa oʻziyurar transport vositalarining akkumulyatorlari kelmalari, starterlari va generatorlari ularga oʻtkazuvchi moslamalar tegib qolishidan (kontaktdan) himoyalangan boʻlishi kerak. 578. Dvigatel radiatorlarini chiqindi gazlar yordamida changdan tozalash don maydonlaridan tashqarida amalga oshirilishi kerak. Dvigatel radiatorlarida changni yoqish uchun ochiq olovdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 579. Oʻrim kombaynlarining biterli vali, somon yigʻuvchi transportyorlar va boshqa aylanuvchi qismlari oʻralib qolgan somonlardan oʻz vaqtida tozalanishi zarur. 580. Oʻrim mashinalari va agregatlariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va toʻxtash joylarini tashkil etish gʻalla maydonlaridan 30 m dan yaqin boʻlmagan joyda ruxsat etiladi. 581. Xoʻjalik-ishlab chiqarish majmuasi hududida dagʻal yem omborlari skirda, uyum, gʻaramdan (keyingi oʻrinlarda — gʻaram) 15 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilishi hamda kamida 4 m kenglikda shudgorlangan maydon bilan ajratilishi kerak. Alohida gʻaramlar orasida (ularning asosidan) 5 m dan kam boʻlmagan himoya oraliqlari takshil etilishi kerak. Bitta gʻaram asosining maydoni 300 m2 dan, presslangan pichan yoki somon shtabellarida esa — 500 m2 dan oshmasligi kerak. Somon va pichanlardan 50 m dan yaqin masofada ochiq olov bilan ishlashga ruxsat berilmaydi. 582. Alohida shtabel, bostirma yoki gʻaramlar orasidagi masofa 20 m dan kam boʻlmasligi kerak. Shtabellar, bostirmalar va gʻaramlar juft qilib joylashtirilishi kerak, bunda shtabellar, bostirmalar va gʻaramlarning bir juftlari orasidagi masofa 6 m dan, qoʻshni juftlar bilan esa 30 m dan kam boʻlmasligi kerak. Yongʻinga qarshi oraliq masofasi bloklar orasida (20 ta shtabel yoki gʻaram) kamida 100 m boʻlishi kerak. Ikki juft skirda orasidagi oraliq kamida 4 m kenglikda shudgorlanishi kerak. 583. Dagʻal yem-xashak omborxonalari, shtabel va gʻaramlaridan elektr uzatish liniyasigacha boʻlgan masofa kamida 15 m, yoʻllargacha — kamida 20 m, binolarga (inshootlarga) — kamida 50 m boʻlishi kerak. Yemni yuklash va tushirish vaqtida atomobil dvigateli oʻchirilgan boʻlishi kerak. Tutun chiqarish quvurlari oldida yotgan yem oldirilgandan keyin avtomobillar dvigateli ishga tushirilishi mumkin. 584. Dagʻal yem-xashaklarni quyidagi holatlarda xoʻjaliklarning ferma chordoqlarida saqlash taqiqlanadi: a) xoʻjalikning tomi yonuvchi materiallardan tayyorlangan boʻlsa; b) chordoq xonalari va unga tutash xonalarning yogʻoch qurilish qismlariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmagan boʻlsa; v) chordoqdagi elektr simi mexanik shikastlanishdan himoyalanmagan holatda yotqizilgan boʻlsa; g) dudburonlar atrofiga 1 m masofada toʻsiq oʻrnatilgan boʻlmasa. 585. Gʻalla maydonlarida (pichan va somon gʻaramlarida) chekish, ochiq olovdan foydalanish, shuningdek, pichan va somon toʻplangan joylarda va ulardan 30 m dan kam boʻlgan masofada quruq oʻsimliklar, ildiz, xas va ekin qoldiqlarini yoqish taqiqlanadi. Dala shiyponlarida chekishga faqat maxsus belgilangan joylarda texnika (mashinalar) va yonuvchi materiallardan kamida 4 m masofada ruxsat etiladi. 586. Traktor, kombayn va boshqa mavsumga jalb etilgan texnika vositalarini saqlash va ularga dala sharoitida yonilgʻi quyish ishlari faqat maxsus ajratilgan maydonlarda yonilgʻi tashish texnikalari orqali ularning dvigatellari oʻchirilgan holda bajarilishi lozim. Bunda ushbu maydonlar boshoqli don ekinlari dalalaridan 100 m va bino-inshootlardan 50 m uzoqlikda joylashtirilishi hamda quruq oʻtlar va yonuvchi chiqindilardan tozalanib, atrofi 4 m kenglikda shudgorlangan boʻlishi kerak. Tungi vaqtda yonilgʻi quyish joyi yoritilishi kerak. 587. Oʻt unini tayyorlash uchun agregatlar bostirma yoki xonalarda oʻrnatiladi. Yonuvchi materiallardan tayyorlangan bostirmalarga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilishi lozim. 588. Oʻt unini tayyorlash joyidan bino, inshoot va yonilgʻi-moylash materiallari boʻlgan sigʻimlargacha masofa kamida 50 m, dagʻal yem omborlari uchun esa kamida 150 m boʻlishi kerak. 589. Yonilgʻi baki agregat xonasi tashqarisida oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yonilgʻi quvurlarida kamida 2 joʻmrak boʻlishi kerak (birinchisi — agregatdan oldin, ikkinchisi — yonilgʻi baki oldida). 590. Sigʻimi 1500 t dan ortiq boʻlgan don elevatorlarida va don uchun metall siloslarda oʻt va ozuqa unini saqlash taqiqlanadi. Agar oʻt yoki ozuqa unining saqlangan qismida oʻz-oʻzidan qizish belgilari mavjud boʻlsa, uni shamollatish, transport mexanizmlaridan oʻtkazish va omborlarni shamollatish orqali sovitish kerak. 591. Vitaminli oʻt uni qurilmada alangalanishi aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchining talablariga rioya etilishi, shuningdek, yongʻingacha ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 150 kg miqdori va yongʻin oʻchirilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 200 kg miqdori bostirmalar tagidagi alohida maydonlarga joylashtirilib, kamida 48 soat davomida kuzatib turilishi kerak. 592. Tayyorlangan va qoplarga qadoqlangan vitaminli oʻt uni kamida 48 soat davomida bostirma ostida saqlanishi kerak. 593. Vitaminli oʻt unini shamollatish tizimi soz va ishchi holatdagi omborlarda saqlash lozim. 594. Vitaminli oʻt unini oʻz-oʻzidan alangalanishining oldini olish maqsadida maxsus jurnalda sana, vaqt va oʻlchov joyi roʻyxati bilan namlik va harorat oʻlchovlarining kunlik nazoratini amalga oshirish lozim. Saqlash harorati atrof muhit haroratidan 5 °C dan ortiq boʻlmasligi va namlikning massa ulushi — 11 — 13 foizdan oshmasligi kerak. Namlikni aniqlash uchun namlik oʻlchagichlar yordamida ekspress usullardan foydalanish mumkin. Vitaminli oʻt unining namligi 14 foiz yoki undan koʻp boʻlsa, qoʻshimcha quritish choralari koʻrilishi lozim. Vitaminli oʻt unini saqlashga moʻljallanmagan boshqa omborxonalarda saqlashga (chorva va parrandalarni saqlash binolari, don omborlari va boshqalar) ruxsat etilmaydi. Vitaminli oʻt uni omborlarida boshqa modda va materiallarni saqlash taqiqlanadi. 595. Unni saqlash alohida ombor yoki boʻlinmada amalga oshirilib, yongʻinga qarshi devorlari yoki shiftlari hamda shamollatish moslamasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Namlikning omborga tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Unning qopsiz saqlanishi taʼqiqlanadi. 596. Un qoplari ikki qator qilib, balandligi 2 m dan oshmagan shtabellarda saqlanadi. Qatorlar orasidagi yoʻlaklar kamida 1 m va devorlar boʻylab 0,8 m kenglikda boʻlishi kerak. 597. Oʻz-oʻzidan yonishning oldini olish maqsadida tashkilot rahbari saqlangayotan vitaminli oʻt uni haroratini nazorat qilinishini tashkil etadi. 598. Donni saqlash uchun moʻljallangan xonalarda quyidagilar taqiqlanadi: a) texnika va uskunalarni hamda boshqa har qanday yongʻin xavfi mavjud boʻlgan materiallarni saqlash; b) odamlar doimiy yoki qisqa muddat boʻladigan xoʻjalik xonalari va ishchi oʻrinlarini joylashtirish; v) isitish jihozlarini dekoratsiya panjaralar bilan berkitish.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.