VM qarori № 649, 50-boʻlim

33-bob. Hammomlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

492. Bugʻ xonasida toshli pech yonmaydigan materiallar asosida oʻrnatilishi kerak. 493. Hammomlarda quyidagilar taqiqlanadi: a) toshli pechning elektr tarmogʻiga ulangan elektr isitgichini nazoratsiz qoldirish; b) qoʻlbola yasalgan issiqlik elektr isitgichlarini oʻrnatish; v) oʻchiq yoki nosoz termoregulatorli toshli pechdan foydalanish; d) ochiq olovdan foydalanish. 494. Bugʻ xonasi avtomatik tarzda himoyalovchi va 8 soatlik uzluksiz ishlagandan soʻng toʻliq sovitilgunga qadar oʻchiruvchi hamda bugʻ xonasidagi harorat 110oC ga yetganda avtomatik tarzda oʻchiradigan himoya vositasiga ega elektrda ishlaydigan toshli pech bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Toshli pechning quvvati bugʻ xonasining hajmiga mos kelishi kerak (ishlab chiqaruvchining yoʻriqnomasiga muvofiq). Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan bugʻli pechlarni ishlatishda isitish pechlariga qoʻyilgan yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish kerak. Bunday holatda oʻt qalash joyi bugʻ xonasidan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. 495. Bugʻ xonasini bezashda bargli daraxtlar yogʻochidan foydalanish kerak. 496. Toshli pech oʻrnatilgan joydagi bugʻ xonasining devorlari poldan kamida 1,4 m balandlikda yonmaydigan materiallar (gʻisht, tosh, sopol plitkalar va boshqa shu kabi materiallar) bilan ishlangan boʻlishi kerak. Bunda toshli pechning oʻt qalash eshigi tepasidan yonmaydigan materiallar bilan qoplangan joyning yuqorisigacha boʻlgan masofa kamida 250 mm boʻlishi kerak. Oʻt qalash eshigidan qarama-qarshi devorgacha boʻlgan masofa 0,7 m dan kam boʻlmasligi kerak. 497. Toshli pechning yuqori qismidagi shift ostiga yonmaydigan issiqlikni tutuvchi qalqon oʻrnatilishi kerak. Qalqonning oʻlchami kamida 1,2 x 1,2 m boʻlishi kerak. Qalqon va shift orasidagi masofa kamida 0,05 m boʻlishi kerak. 498. Bugʻ xonaning eshigi xonadan tashqariga chiqish tomonga ochilishi lozim. 499. Bugʻ xonadagi eshik va polning orasida 0,03 m dan kam boʻlmagan boʻshliq boʻlishini taʼminlash kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.