VM qarori № 649, 57-boʻlim

2-§. Gaz ballonli transport vositalariga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

670. Suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisternalardan gazni toʻkib olish ulardan biri masʼul qilib tayinlangan ikki nafar ishchilar nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Toʻkib olish kunduzgi vaqtda amalga oshirilishi kerak. Gazni qorongʻi vaqtda toʻkib olishga ish joyi yetarli darajada yorugʻlik bilan taʼminlangan holatdagina ruxsat etiladi. 671. Koʻp tarmoqli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — KTAYOQSH), avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — AGQSH), avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — AGTKSH)da qoʻlda olib yuriluvchi (koʻchma) gaz analizatorlar yordamida gaz-havo muhiti oʻlchab turilishi kerak. Buning uchun namuna olish nuqtalari belgilangan sxemaga ega boʻlishi hamda oʻlchovlar grafigi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim. Oʻlchov oʻtkazish sxemasida KTAYOQSH va AGQSHning texnologik qurilmalari va rezervuarlaridan 50 m radiusda joylashgan barcha texnik quduqlar, shaxtalar, qoʻshma kommunikatsiyalar quduqlari hamda AGTKSHning egallab turgan hududi qamrab olinishi lozim. Oʻlchashlar natijalari tegishli dalolatnomada qayd etilishi kerak. 672. Avtotsisternalarni boʻshatishda uning dvigateli oʻchiq holatda boʻlishi kerak (avtomobil dvigateli yordamida suyultirilgan gazlarni toʻkuvchi nasoslar bilan jihozlangan va tutun chiqarish quvuri soz holatdagi uchqun soʻndirgichga ega boʻlgan hollar bundan mustasno). 673. AGQSH hududida gaz sizib chiqishi aniqlansa, hududda begona shaxslar boʻlmasligini taʼminlash, shoxobchadagi va undan 50 m radiusda joylashgan barcha avtomobillarning dvigatellari oʻt oldirilmasligini nazorat qilish hamda yuzaga kelgan holatni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak. 674. Gaz ballonli transport vositalariga AGQSH va AGTKSHlarda quyidagilar taqiqlanadi: a) maishiy gaz ballonlarini toʻldirish; b) texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati tugagan ballonlarni toʻldirish; v) ASGQSH, AGTKSH hududida uning faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish; g) avtotsisternadan suyultirilgan gazni toʻkib olish vaqtida gaz ballonli avtomobillarning ballonlarini toʻldirish. Bunday vaqtlarda obyekt hududiga kirishni taqiqlovchi belgi oʻrnatilishi kerak; d) suyultirilgan gaz quvurlaridan yerlantiruvchi tok oʻtkazgich sifatida foydalanish; e) zichlash materialari yaroqsiz holga kelgan yoki germetik-mahkamligini yoʻqotgan suyultirilgan gaz quyuvchi nasos va kompressorlaridan foydalanish. Bunda nasosning zichlash materiallari va germetik-mahkamlagichlar yogʻ va benzinga chidamli boʻlishi lozim; j) gaz ballonli transport vositalarning dvitageli ishlab turgan holatda, shuningdek, gaz ballonlari avtomobilning bagaj qismida joylashgan boʻlsa, avtomobil kapoti va bagaj qapqogʻi yopiq turgan vaqtda yonilgʻi quyish; z) bosim ostida turgan gaz quvurlari va apparatlarning gayka yoki ulanmalarini qotirish hamda ularni metall jismlar bilan urish. 675. Gaz toʻldirish shlangini ventilga ulash va ajratib olish, gazni boshqarish klapanlari va toʻldirish tugaganligining nazorati ASGQSH yoki AGTKSH operatori tomonidan amalga oshirilishi lozim. Suyultirilgan uglevodorod gaz bilan ballonlarni toʻldirish uning geometrik hajmining 85 foizidan oshmasligi kerak. Yonilgʻini quyib boʻlgandan soʻng operator tashqi koʻrik orqali toʻldirish ventili yopilganiga ishonch hosil qilishi kerak. Dvigatel ishida oʻzgarish yuzaga kelsa darhol toʻxtatilishi va avtotransport vositasi gaz quyish kolonkasidan xavfsiz masofaga (kamida 30 m) olib chiqilishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.