VM qarori № 649, 45-boʻlim

2-§. Televizion apparat xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

468. Telemarkazlarning apparat studiya kompleksi yoʻlaklarida va koʻp ishlaydigan kabel kommunikatsiyalarida kabellar qopqogʻi ochiladigan maxsus ariqchalarda joylashtiriladi. Olinadigan pollardagi ariqchalar, qopqoqlar va metall ustunlarning barcha temir qismlari yerga ulangan boʻlishi kerak. Kam ishlatiladigan kabellar uchun quvurlar toʻplami ishlatilishi mumkin, bunda toʻplamni tekshirish tuynukchalari boʻlishi va elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga toʻliq rioya etilishi kerak. Kabel kanallari va olinadigan pollarga quyidagi talablar qoʻyiladi: kabel kanallarning hamda olinadigan polning osti chuqurligi 15 sm dan kam boʻlmasligi kerak (va toza saqlanishi shart); kabel kanallari yonmaydigan materiallardan, ularning qopqoqlari va olinadigan pollar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan ishlanishi kerak. 469. Televizion apparat xonalarida ishlash vaqtida korpuslari yerga ulanmagan jihozlardan foydalanish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.