VM qarori № 649, 47-boʻlim

4-§. Telekinoproyeksion apparatxonalar va kino koʻrish zallariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

472. Kinoapparat xonalarida apparatlardan foydalanish hujjatlarini, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarni oynali ramkada devorga osib qoʻyish mumkin. 473. Yorugʻlik manbai sifatida ionli lampa ishlatiladigan har bir kinoproyektorning fonari ustiga alohida havo soʻrish moslamasi oʻrnatilishi lozim. Ushbu havo soʻrish moslamasini binoning umumiy shamollatish tizimiga ulash taqiqlanadi. 474. Barcha kinoproyeksion xonalarning tomosha tuynuklari, pardalari avtomatik ravishda tushuvchi yoki qoʻlda boshqariladigan oynali zaslonkalar bilan taʼminlanishi kerak. 475. Yertoʻlalarda tomosha zallarini joylashtirish taqiqlanadi. 476. Choʻgʻlanish lampali kinoproyektorlar bilan jihozlangan kino qurilmalarida tasmani aylantirib oʻrash moslamasi, apparatura va jihozlardan iborat 1 ta kinoapparat joylashtirilishi mumkin.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.