VM qarori № 649, 18-boʻlim
12-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
136. Havo oʻtkazgichlaridagi olovni toʻxtatuvchi qurilmalar (zaslonka, shiber, klapan va boshqalar), avtomatik yongʻin oʻchirish yoki yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini shamollatish tizimi bilan blokirovka qilish moslamalari, yongʻin vaqtida shamollatish tizimini avtomatik ravishda oʻchirish moslamalari doimo soz boʻlishi va belgilangan vaqtda tekshirib turilishi kerak. 137. Shamollatish va sovitish tizimlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: a) shamollatish tizimi kameralarining eshiklarini ochiq holda qoldirish; b) havo tortish kanallarini, tuynuk va panjaralarni berkitish; v) havo oʻtkazgichlarga gaz isitish asboblarini ulash; g) havo oʻtkazgichlarda yigʻilib qolgan yogʻ qatlamlari, chang va boshqa yonuvchi moddalarning qoldiqlarini yoqish; d) olovni toʻxtatuvchi qurilmalarni oʻchirish va olib tashlash; e) havo quvurlari va ularning ulanishlari yaxlitligini buzish. 138. Shamollatish kameralari, siklon, filtrlar, havo oʻtkazgichlar obyekt rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda yonuvchi chang hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanishi kerak. Portlash va yongʻin xavfi boʻlgan xonalarning shamollatish tizimlarini xavfsiz usul bilan tozalash tartibi obyekt rahbari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. 139. Yonish va portlash xavfi mavjud xonalardagi texnologik uskunalarni gidrofiltri, quruq filtri, chang ushlagich va boshqa shamollatish (aspiratsiya) qurilmalari nosoz yoki oʻchirilgan boʻlsa ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi. 140. Yonuvchi chang, tola va boshqa chiqindilarni chiqarib tashlovchi ventilyatorga begona jismlar tushishining oldini olish maqsadida ularning oldiga tosh ushlagich, temir parchalarini ushlab qolish uchun esa magnitli ushlagichlar oʻrnatilishi lozim. 141. Mahalliy havo soʻrish tizimlari va pnevmatransport quvurlarida ularni vaqti bilan koʻzdan kechirish, tozalash va yongʻin sodir boʻlganda uni oʻchirish uchun maxsus tuynuklar boʻlishi lozim. Nazorat qilish tuynuklari bir-biridan 15 m uzoq boʻlmagan masofada joylashishi kerak, bundan tashqari trostniklar, burilishlar, devor va toʻsiqlar oraligʻidan oʻtuvchi joylarga ham oʻrnatilishi kerak. 142. Changdan tozalovchi mashina va agregatlardagi havo tozalash filtrlari alohida xonalarda oʻrnatilishi lozim. 143. Retsirkulyatsiyada, uskunadan chiqariladigan changlangan havo filtrlar orqali ikki bosqichli tozalashdan oʻtkazilishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 17. 3-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 19. 13-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 14III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
- 1511-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 162-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 173-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1913-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 20IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar — 14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash
- 2115-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
- 2216-bob. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar — 1-§. Suvli va koʻpikli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.