VM qarori № 649, 15-boʻlim
11-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
119. Binolarda (inshootlarda) faqat sanoatda (zavodda) ishlab chiqarilgan issiqlik hosil qiluvchi qurilmalardan (shu jumladan, issiqlik toʻplamaydigan pechlardan) va isitish moslamalaridan (turli buyumlardan yasalgan pechlar bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi. 120. Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va taʼmirlangan boʻlishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi. 121. Suyuq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxona jihozlarining issiqlik hosil qiladigan uskunalari va isitish moslamalarining har bir forsunkasida qumli taglik boʻlishi kerak va yonilgʻi tarmogʻida kamida ikkita ventil boʻlishi zarur (birinchisi — oʻchoqda, ikkinchisi — yonilgʻili idishda). 122. Qozonxona va boshqa issiqlik chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: a) maxsus oʻquv kursida oʻqitilmagan va tegishli malakani beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan shaxslar ishlashiga yoʻl qoʻyilishi (turar joy binolarida oʻrnatilganlar bundan mustasno); b) qozonxonalarda va issiqlik chiqaruvchi qurilmalar oʻrnatilgan xonalarda suyuq yoqilgʻi mahsulotlarini saqlash; v) isitish uskunalaridan foydalanish uchun texnik shartlarda koʻrsatilmagan neft mahsulotlari chiqindilaridan va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan yoqilgʻi sifatida foydalanish; g) yoqilgʻi uzatish tizimidan suyuq yoqilgʻi tomganda (gaz sizib chiqqanda) issiqlik oʻtkazuvchi qurilmalardan foydalanish; d) qoʻlbola yasalgan gaz gorelkalaridan foydalanish; e) oʻchib qolgan forsunka yoki gaz gorelkalariga yoqilgʻini uzatish; j) uskunalarning yonish kameralarini shamollatmasdan yoqish, shuningdek, mashʼala yordamida va boshqa shunga oʻxshash asboblardan foydalanmasdan yoqish; z) yoqilgʻi taʼminotini nazorat qilish va boshqarish asboblari bilan jihozlanmaganda, ular nosoz yoki oʻchirilgan holatda boʻlganda ishlatish; i) kiyimlarni yoki boshqa yonuvchi materiallarni qozonlar ustida va moʻrilarda saqlash. Issiqlik nurlanishining yoʻnalishi boʻyicha yonuvchan materiallargacha boʻlgan masofa kamida 1,25 m boʻlishi kerak; k) koʻrish tuynugi orqali ishlatiluvchi aralashmani yoqish; l) sarflash materiallari baklarini purkagichlar, shuningdek, qozonxona jihozlari devoriga 2 m yaqinlikda oʻrnatish; m) ochiq yoqilgʻi baklari bilan ishlash; n) satx oʻlchash moslamalari bilan jihozlanmagan sarflash materiallari baklari bilan ishlash; o) qurilma va sarflash baklari yaqinida yonuvchan materiallardan toʻsiqlar oʻrnatish; p) shamollatish kanallari va boshqa kanallardan dudburon sifatida foydalanish.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 14. III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 16. 2-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 112-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 123-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 134-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 14III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
- 162-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 173-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1812-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1913-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.