VM qarori № 649, 14-boʻlim
III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
110. Elektr uskunalari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Energetika korxonalari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻrnatilishi va foydalanilishi kerak. 111. Elektr tarmogʻiga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi (foydalanish hujjatlarida ularni nazoratsiz ishlashiga ruxsat etiladigan qurilmalar bundan mustasno). Ish tugagandan soʻng binodagi (tuzilmadagi) barcha elektr qurilmalari oʻchirilgan boʻlishi kerak, navbatchi chiroqlar, yongʻinga qarshi avtomatlashtirilgan moslamalar uchun quvvat manbalari, ogohlantirish va evakuatsiya nazorati tizimlari, tutunga qarshi himoya tizimlari, shuningdek, texnologik jarayonning shartlariga muvofiq sutka davomida ishlashi kerak boʻlgan elektr qurilmalari bundan mustasno. 112. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda mato va kiyimlarni dazmollash uchun maxsus xonalar jihozlanishi hamda unda elektr va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish boʻyicha qatʼiy rejim oʻrnatilishi lozim. 113. Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: a) elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan sharoitlarda ishlatish yoki nosozligi boʻlgan elektr jihozlaridan foydalanish; b) himoya qobigʻi shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yoʻqotgan elektr kabel va simlardan foydalanish; v) shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanish; g) elektr simlari va kabellarini yelimlash va boʻyash, elektr lampalar va yoritkichlarni qogʻoz, mato va boshqa yonuvchi materiallar bilan oʻrash, shuningdek, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborxona (yordamchi) binolaridagi chiroqlardan himoya qalpoqlarini yechib olgan holda foydalanish; d) yonmaydigan materialdan ishlangan tagliklarisiz (podstavka) dazmol, elektr plitka, elektr choynak va boshqa elektr isitish anjomlaridan foydalanish; e) tarmoqqa ulangan elektr isitish moslamalarini va boshqa maishiy elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirish (ishlab chiqaruvchi korxonaning yoʻriqnomasida kunu tun ishlaydigan va (yoki) ishlashi mumkin boʻlgan elektr jihozlari bundan mustasno); j) nostandart (qoʻlbola) elektr isitish moslamalaridan, shuningdek, ularda konstruksiyasida nazarda tutilgan yongʻin kelib chiqish ehtimolini istisno qiluvchi termoregulatorlari mavjud boʻlmaganda yoki ishlamay qolganda foydalanish; z) elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan eruvchan himoya oʻrnatmasi oʻrniga qoʻlbola tayyorlangan (sim oʻramalari, “qoʻlbola saqlagich” va boshqalarni) vositalarni qoʻllash; i) omborxonalar ichidan, shuningdek, yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan hududlardan elektr sim va kabellarni tranzit holda hamda havo quvurlari va quvurlar tarmogʻi orqali olib oʻtish; k) yonuvchi materiallar saqlash omborxonalari va bostirmalari, yonuvchan tomlar ustidan ochiq elektr uzatish liniyalari va tashqi elektr simlarini yotqizish; l) arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar va omborlar binolarida elektr isitish moslamalaridan foydalanish; m) elektr tarmogʻining yuklamasini ruxsat etilgan meʼyoridan oshirish; n) qurilish-montaj, taʼmirlash va avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilayotgan joylarni elektr taʼminoti bilan taʼminlash hamda vaqtincha illyuminatsiya yoritish uchun oʻtkazilgan elektr oʻtkazgichlardan tashqari vaqtinchalik elektr oʻtkazgichlardan foydalanish va ularni oʻrnatish; o) radio va telefon simlaridan elektr tarmoqlari simlari sifatida foydalanish; p) taqsimlovchi elektr shchitlari va ishga tushirish boshqaruv jihozlarini ochiq holatida ishlatish; r) turli xil materiallardan (mis va aluminiydan) tayyorlangan elektr simlari (kabellari) oʻtkazgichlarni bir-biriga toʻgʻridan-toʻgʻri ulash; s) bir-birini zaxiralovchi elektr zanjirlarini, ishchi va avariya yoritish zanjirlarini, boshqaruv va taʼminlovchi elektr kabellarini bir lotokda yoki qurilish konstruksiyasining bir yopiq kanalida, bogʻlamida, metall yengda, quvurda oʻtkazish taqiqlanadi. 114. Koʻchma elektr yoritkichlar egiluvchan elektr simlardan foydalangan holda ishlanishi, shisha qalpoqlar bilan jihozlangan hamda saqlovchi himoya setkasi va osib qoʻyish uchun ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. 115. Sofitlarni oʻrnatish vaqtida faqat yonmaydigan materiallar ishlatilishi, ularning korpuslari ushlab turuvchi trosslardan himoyalangan (izolyatsiya qilingan) boʻlishi kerak. Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatish lozim. 116. Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash moslamalarini soz holatda saqlash kerak. 117. Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi: a) yashin qaytargich vositalarini taʼmirlash; b) gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish mahsulotlarini atmosferaga chiqarish; v) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish; g) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning quyish-toʻkish ishlarini amalga oshirish. 118. Temir yoʻllarda quyish-toʻkish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni, estakadalarni va sisternalarni yerga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 13. 4-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 15. 11-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Qoʻshni boʻlimlar
- 109-bob. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 112-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 123-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 134-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1511-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 162-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 173-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1812-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.