VM qarori № 649, 13-boʻlim
4-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
98. Rezervuarlarda va katta sigʻimli inshootlarda faqat ularga moʻljallangan mahsulotlar saqlanishi kerak. Zarur hollarda va tegishli tayyorgarlik boʻlganda, rezervuarga boshqa mahsulot quyishga, yaʼni bugʻ bosimi egiluvchanligi hisob-kitob boʻyicha ushbu turdagi rezervuarnikidan oshmasa ruxsat beriladi. 99. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar toʻldirilgan sigʻimlar, rezervuarlardan foydalanish jarayonida ularning germetikligi, sifon joʻmraklari, flanetsli ulanish joylarining qistirmalari, salnikli zichlanishlarning holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Aniqlangan nosozliklar darhol bartaraf etilishi kerak. 100. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar toʻldirilgan sigʻimlar, rezervuarlar joylashgan va aylana toʻsiq (obvalovaniye) bilan oʻralgan hududga avtotransport vositalarining kirishiga faqat taʼmirlash ishlarini olib borish uchun obyekt rahbari yoki uning oʻrinbosarining yozma topshirigʻi asosida ruxsat beriladi. 101. Nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va toʻrlarni kirlardan tozalash, qishda esa muzdan tozalash kerak. Gidravlik klapanlarida suyuqlik sathini tekshirish zarur. Gidravlik himoya klapani faqat qiyin bugʻlanadigan va muzlamaydigan suyuqlik bilan toʻldirilishi kerak. Ushbu suyuqlikni yiliga kamida ikki marta almashtirish kerak va har bir chiqarishdan keyin suyuqlik qoʻshilishi kerak. 102. Statsionar oʻlchash moslamalari boʻlmasa, sigʻim uskunasidagi suyuqlik darajasi rangli metalldan yasalgan lot bilan oʻlchanganda, lyukning ichki qismiga oʻlchash tasmasi tushirilganda uchqun hosil qilmaydigan halqa yoki metalldan yasalgan kolodkani oʻrnatish kerak. 103. Rezervuarlarning ichki yuzasini pirofor birikmalardan va korroziyadan tozalash tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. 104. Yonuvchi gazlarni birinchi marta toʻldirishdan oldin rezervuarlarni inert gaz yoki bugʻ bilan shamollatish kerak. Shamollatuvchi gazlar, ularning yonishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilgan holatda svechalar orqali chiqariladi. Shamollatishning yakuni svechadan chiqarilayotgan gaz-havo aralashmasidagi kislorod miqdori bilan belgilanadi. Agar aralashmadagi kislorod miqdori 1 foizdan oshmasa, shamollatish yakunlangan hisoblanadi. Rezervuarlar yonuvchi gazlardan boʻshatilgandan keyin havo bilan shamollatishga ruxsat berilmaydi. 105. Avariya holatlarida gazni chiqarish tarmoqlariga qulfli armatura oʻrnatish zarurati boʻlsa, ushbu armaturalarni masofadan boshqarish xavfsiz joydan amalga oshirilishi kerak. 106. Rezervuardagi (sigʻimlardagi) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan namuna olish va ularning miqdorini oʻlchash sutkaning yorugʻ vaqtida amalga oshirilishi kerak. 107. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlarga (sigʻimlarga) ochiq oqim bilan uzatish taqiqlanadi. Rezervuarni toʻldirish va boʻshatish tezligi rezervuarga oʻrnatilgan nafas olish klapanlarning (shamollatish quvurlarining) umumiy oʻtkazuvchanligidan oshmasligi kerak. 108. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida quyidagilar taqiqlanadi: a) germetik boʻlmagan qurilmalar va qulfli armaturalarni ishlatish; b) buzilishlar va yoriqlar, suzuvchi qopqoqlarida teshiklar yoki yoriqlar boʻlgan rezervuarlar, shuningdek, nosoz boʻlgan oʻlchash vositalari, asboblar, mahsulot taʼminot quvurlari va statsionar yongʻinga qarshi qurilmalarni ishlatish; v) aylana toʻsiq (obvalovaniye) ichida daraxtlar, butalar va quruq oʻsimliklarning boʻlishi; g) sigʻimlarni (rezervuarlarni) yonuvchan materiallardan tayyorlangan taglikka oʻrnatish; d) rezervuarlar va sisternalarni haddan ortiq toʻldirib yuborish; e) neft va neft mahsulotlarini quyish-toʻkish paytida rezervuarlardan namuna olish yoki mahsulot sathini oʻlchash; j) momaqaldiroq paytida neft va neft mahsulotlarini quyish va toʻkish, shuningdek, rezervuarlardan namuna olish yoki sathini oʻlchash. 109. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida: a) nafas oluvchi klapanlar va olovtoʻsqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik hujjatlariga muvofiq tekshirish kerak; b) nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va toʻrlarni muzdan tozalash kerak, ular faqat yongʻin chiqishini istisno qilgan usullarda isitiladi; v) namuna olish va idishdagi suyuqlik darajasini oʻlchash uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlangan asboblar yordamida amalga oshirilishi kerak; g) suyuqlikni faqat yaroqli konteynerda saqlashga ruxsat beriladi. Toʻkilgan suyuqlikni darhol tozalash kerak; d) neft mahsulotlarini toʻkish, shuningdek, qadoqlash materiallari va konteynerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri omborxonalarda va oʻralgan joylarda saqlash taqiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 12. 3-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 14. III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
Qoʻshni boʻlimlar
- 98-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 109-bob. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 112-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 123-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 14III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
- 1511-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 162-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 173-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.