VM qarori № 649, 16-boʻlim

2-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

123. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar boʻladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini oʻrnatish taqiqlanadi. 124. Suyuq va qattiq yoqilgʻida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida: a) isitish pechlari uch oyda bir marta; b) doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va oʻchoqlar ikki oyda bir marta; v) oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining talablariga muvofiq isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalaniladigan asbob-uskunalarni texnik tekshirish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi. 125. Isitish pechlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: a) yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish; b) pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilgʻi va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish; v) pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi va boshqalar) foydalanish; g) ushbu turdagi yoqilgʻilarga moʻljallanmagan pechlarni koʻmir, koks va gaz yoqilgʻilari bilan yoqish; d) xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi davrida pechlarni yoqish; e) ventilyatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish; j) pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish; z) pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yongʻinga qarshi boʻlinmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan oʻlchami 0,5×0,7 m dan kam boʻlmagan oʻchoqning oldiga qoʻyiladigan panellarsiz (yogʻochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, boʻlinma (ajratma) va oʻchoq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) boʻlganda ishlatish; i) pechlarni yoqish uchun uzunligi oʻchoq kattaligidan kattaroq oʻtindan foydalanish; k) pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish. 126. Binolarda va inshootlarda (yashash uylaridan tashqari) pechlarni yoqish, ish vaqti tugashidan ikki soat oldin, shifoxona va boshqa odamlar kunu tun boʻladigan obyektlarda esa uyquga ketishdan ikki soat oldin toʻxtatilishi lozim. Bolalar kunduz kuni boʻladigan xonalardagi pechlarni yoqish ishlari kamida bolalar kelishidan bir soat oldin tugatilishi lozim. Yoqilgʻi sifatida gazdan foydalaniladigan obyektlarda pechlarni yoqish har toʻrt soatda bir marotaba bir soatdan kam boʻlmagan tanaffus bilan amalga oshirilishi lozim. 127. Oʻtxonadan sidirib olinadigan kul va kulga aylanmagan qoldiqlar (shlaklar) ustiga suv quyib, ularni maxsus ajratilgan xavfsiz joylarga olib chiqib tashlash kerak. 128. Standartlar va texnik shartlarning yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan metall pechlarni oʻrnatish mumkin emas. Turar joy binolari va tashkilotlarda, maxsus korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan metalldan yasalgan vaqtinchalik va boshqa pechlarni oʻrnatishda ushbu mahsulotning ishlab chiqaruvchi korxonasining koʻrsatmalari (yoʻriqnomasi) hamda isitish tizimlariga qoʻyiladigan loyihalash talablari bajarilishi lozim. 129. Pechlardan moddiy boyliklargacha, savdo rastalari, peshtaxta, shkaflar va boshqa anjomlargacha boʻlgan masofa 0,7 m dan, oʻtxona ogʻzidan esa 1,25 m dan kam boʻlmasligi lozim. 130. Chordoqlardagi barcha dudburonlar va tutun kanallari oʻtgan barcha devorlarning yuzalari yoriqlarsiz, soz holatda va oqlangan boʻlishi lozim. 131. Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxonalarning dudburonlari uchqun soʻndirgich bilan jihozlanishi kerak. 132. 3 soatdan koʻp yoqiladigan, shu jumladan, gaz bilan isitiladigan pechlar (oshxona, kir yuvish xonalari va boshqalar) 51 sm kenglikdagi va 3 soatdan kam yoqiladiganlar esa 38 sm kenglikdagi yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.