Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 15-moddasi

Yongʻinlarni oʻchirish

Yongʻinlarni oʻchirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sogʻligʻini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yongʻinlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir. Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi. (15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining yongʻindan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-taʼmirlash xizmatlari va oʻzga xizmatlar bilan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etishni taʼminlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. (15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi. Yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi. (15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 oʻrnatiladi. (15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yongʻin joyiga darhol joʻnab ketishi shart. (15-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Zarur hollarda, yongʻinlarni oʻchirish chogʻida yongʻin kuchayishining (tarqalishining) hamda yongʻin bilan bogʻliq boʻlgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun: yongʻinlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli boʻlgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir; yongʻinlarning kuchayishiga (tarqalishiga) toʻsqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; tashkilotlar va fuqarolarda mavjud boʻlgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yongʻinni oʻchirish vositalari va olovni oʻchirish moddalaridan keyinchalik oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir; tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini taʼminlash, yongʻinlar oʻchirilayotgan joylarni qoʻriqlash (shu jumladan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chogʻida), yoʻl harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yongʻin kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi. Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari yongʻinlarni oʻchirish, yongʻinlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bogʻliq zarur ishlarni amalga oshirishda yongʻinni oʻchirish maqsadi uchun tabiiy va sunʼiy suv manbalaridan suv bilan bepul taʼminlanadi. Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashdan ozod qilinadi. (15-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.