Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 11-moddasi
Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar: yongʻin kelib chiqqan taqdirda oʻz sogʻligʻi va mol-mulkining himoya qilinishi; yongʻin tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi; oʻz sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yongʻinning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish; yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha belgilangan tartibda axborot olish; yongʻindan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yongʻinlarni oʻchirish yuzasidan choralar koʻrish; yongʻinlarni oʻchirishda yongʻindan saqlash xizmatiga koʻmaklashish; yongʻin xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega. Fuqarolar: yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yongʻinni sezib qolganda bu haqda yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; oʻziga qarashli ishlab chiqarish, xoʻjalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yongʻin nazoratini amalga oshirish maqsadida koʻzdan kechirishi va tekshirishi uchun yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart. Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin. (11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 10. Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 12. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
Qoʻshni moddalar
- 7Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 8Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 9 ·Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
- 10Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
- 12Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
- 13Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
- 14Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.