Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 16-moddasi

Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish

Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish yongʻin joyiga yetib kelgan yongʻindan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yongʻinni oʻchirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi. Yongʻinni oʻchirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi. Yongʻinni oʻchirish rahbari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va oʻziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yongʻin chogʻida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yongʻinni oʻchirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli. Yongʻinni oʻchirish rahbarining koʻrsatmalari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir. Yongʻin oʻchirilayotganda yongʻinni oʻchirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.