Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 12-moddasi
Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir talablar mansab yoʻriqnomalarida va boshqa yoʻriqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan masʼuliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chogʻida yongʻin xavfsizligini taʼminlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 11. Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 13. Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
Qoʻshni moddalar
- 8Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 9 ·Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
- 10Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
- 11Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 13Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
- 14Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
- 16Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.