Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 19-moddasi
Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
Vakolatli organlar yongʻin xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart. (19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Faoliyati toʻliq yoki qisman Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yongʻin xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda eʼlon qilishi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 18. Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Keyingi modda →
Modda 20. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
Qoʻshni moddalar
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
- 16Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
- 17Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
- 18Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
- 20 ·Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
- 21 ·Yongʻinga qarshi alohida rejim
- 22Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
- 23 ·Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.