Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 17-moddasi
Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yongʻin xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yongʻinlar profilaktikasini taʼminlash va yongʻinlarni oʻchirish maqsadida bajariladi hamda koʻrsatiladi. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yongʻin xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish; aholiga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish; yongʻinga qarshi targʻibot ishlarini amalga oshirish; ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar oʻtkazish; tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan muhofaza qilish; yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish, xarid qilish va yetkazib berish; moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yongʻin xavfsizligi jihatidan sinovdan oʻtkazish; loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish; olovdan himoya qilish va pech-moʻrikon ishlarini bajarish; yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash; yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin. (17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 16. Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
Keyingi modda →
Modda 18. Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Qoʻshni moddalar
- 13Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
- 14Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
- 16Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
- 18Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
- 19Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
- 20 ·Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
- 21 ·Yongʻinga qarshi alohida rejim
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.