Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 18-moddasi
Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Yongʻinga qarshi targʻibot aniq maqsadni koʻzlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bagʻishlangan koʻrgazmalar, koʻriklar, konferensiyalar oʻtkazish va aholini xabardor qilishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yongʻin xavfsizligi muammolari va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻllari haqida xabardor qilishdir. (18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yongʻinga qarshi targʻibotni yongʻindan saqlash xizmati, shuningdek yongʻindan saqlash xizmati koʻmagida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar oʻtkazadi. Tashkilotlarning xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ish beruvchilar (maʼmuriyat, mulkdorlar) tomonidan yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha olib boriladi. (18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni majburiy tarzda oʻrgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi. (18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son) Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bolalarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish, ularni kasbga yoʻnaltirish, yongʻinga qarshi targʻibot tizimini takomillashtirish hamda yongʻinlarning oldini olishga va yongʻin chogʻida toʻgʻri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka muvofiq yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 17. Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
Keyingi modda →
Modda 19. Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
Qoʻshni moddalar
- 14Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
- 16Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
- 17Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
- 19Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
- 20 ·Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
- 21 ·Yongʻinga qarshi alohida rejim
- 22Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.