Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 14-moddasi
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligini taʼminlashga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir. Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka, yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yongʻinlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yongʻin xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi. (14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yongʻin xavfliligi koʻrsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qoʻllaniladigan yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda koʻrsatishi kerak. Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda yongʻinlar chogʻida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini taʼminlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak. Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. (14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 13. Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
Keyingi modda →
Modda 15. Yongʻinlarni oʻchirish
Qoʻshni moddalar
- 10Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
- 11Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 12Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
- 13Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
- 15Yongʻinlarni oʻchirish
- 16Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
- 17Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
- 18Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.