Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 10-moddasi
Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Tashkilotlar: yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish; tegishli organlarga yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish; belgilangan tartibda yongʻin-texnik komissiyalarini tashkil etish; oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish; yongʻin xavfsizligini taʼminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilash; belgilangan tartibda yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot olish, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalaridan axborot olish huquqiga ega. Tashkilotlar: yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlashi; yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazishi va oʻz xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatishi; oʻziga qarashli yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini, shu jumladan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi; yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalariga yongʻinlarni oʻchirishda, shuningdek yongʻin nazorati organlariga yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishida va yongʻinlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda koʻmaklashishi; oʻz hududidagi yongʻinlarni oʻchirish chogʻida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi; yongʻindan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning oʻz hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini taʼminlashi; oʻziga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yongʻin xavfliligi haqidagi, shuningdek oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda hujjatlarni yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra taqdim etishi; kelib chiqqan yongʻinlar, mavjud yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar toʻgʻrisida, yoʻllar va tor koʻchalarning holati oʻzgarganligi haqida yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda koʻmaklashishi shart. Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin. (10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 9. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
Keyingi modda →
Modda 11. Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Qoʻshni moddalar
- 6Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
- 7Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 8Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 9 ·Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
- 11Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 12Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
- 13Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
- 14Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.