Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 18-moddasi
Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud boʻlgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini taʼminlashga doir normativlar boʻyicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 17. Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 19. Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
Qoʻshni moddalar
- 14Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
- 15Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari
- 16Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari
- 17Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 19 ·Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
- 20 ·Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
- 21Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytidagi talablar
- 22 ·Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.