VM qarori № 649, 71-boʻlim

2-§. Qurilish-montaj ishlarini olib borishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

834. Balandligi 3 va undan yuqori boʻlgan qavatli binolarni qurishda zinalarni montaj qilish zina kataklarini tashkil etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Zina kataklarida ikki oyoqli taxta narvonni ishlatish qavatlar soni 2 dan yuqori boʻlmagan binolarda ruxsat etiladi. Qurilish davrida yonmaydigan pogʻonani himoya qilish uchun yonuvchi materiallar bilan yopishga yoʻl qoʻyiladi. Qurilayotgan binolarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari oʻrnatilgandan soʻng, tomlariga loyihada nazarda tutilgan tashqi yongʻin narvonini va toʻsiqlarini darhol oʻrnatish kerak. 835. Balandligi 3 va undan yuqori qavatli binolarni qurishda odatda inventar metall havozalardan foydalanish lozim. Qurilish havozalari perimetri boʻylab har 40 m ga bir donadan narvon yoki ikki oyoqli narvon bilan, lekin butun bino boʻylab 2 tadan kam boʻlmagan narvon (ikki oyoqli narvon) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. 836. Baland qavatli inshootlardan (dudburonlar, sovitish minoralari, toʻgʻon, silos xonalari va boshqalar) odamlarni evakuatsiya qilish uchun butun qurilish davriga, yonmaydigan materiallardan tayyorlangan kamida 2 ta narvon tashkil qilish zarur. 837. Yonuvchi va yonmaydigan materialdan tayyorlangan opalubkalarni bir vaqtda 3 qavatdan koʻp boʻlmagan joyga oʻrnatishga ruxsat etiladi. Beton konstruksiyasining mustaxkamligi taʼminlanganidan soʻng yogʻoch opalubka va havozalar binodan olib chiqilishi lozim. 838. Binoning metall konstruksiyalarini olovga bardoshlilik darajasini oshirish ishlari bino qurilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. 839. Binolar ichida yonuvchi materiallar mavjud boʻlgan taqdirda, devor va shiftlardagi ochiq joylar (teshiklar) orqali yongʻin tarqalishining oldini olish uchun choralar koʻrish kerak (talab etilgan olovga bardoshlilik darajasini inobatga olgan holda ichki va tashqi devorlar va tomyopmalarning ulangan joylaridagi tirqishlarini yopish, muhandislik kommunikatsiyalari oʻtgan joylarni zichlash). Bino va inshootlarni vaqtinchalik isitish uchun boʻshliqlarni toʻldirishda yonmaydigan va qiyin yonuvchan materiallardan foydalanish lozim. 840. Tomga yonuvchi izolyatsilovchi materiallarni yotqizish va unda suv oʻtkazmaydigan toʻshamni tashkil etish, himoya shagʻal qatlamini yoyish, yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallardan foydalangan holda oʻrab turuvchi konstruksiyalarni oʻrnatish ishlarini amalga oshirish 500 m2 dan koʻp boʻlmagan maydonlarga ajratgan holda amalga oshirish kerak. Ish joylarida izolyatsiyalovchi va oʻramli tom yopish materiallarining miqdori ish smenasi ehtiyojidan ortiq boʻlmasligi kerak. Yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallar qurilayotgan binodan tashqarida alohida inshootda yoki qurilayotgan va vaqtinchalik binolardan, inshootlar hamda omborxonalardan kamida 18 m uzoqlikda boʻlgan maxsus maydonda saqlanishi kerak. 841. Binoning foydalanilayotgan qismi qurilayotgan qismidan 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiq va 3-turdagi orayopmalar bilan ajratilishi kerak. Bunda binoning har bir qismi normativ hujjatlarga muvofiq alohida qutqaruv chiqish yoʻllari bilan taʼminlanishi lozim. 842. Qurilish-montaj tashkilotining rahbarlari (ish rahbari) quyidagilarga: obyektda muhandislik-texnik xodimlar, ishchi-xizmatchilar tomonidan ushbu Qoidalar talablarining hamda qurilishni tashkil etish loyihasi va qurilishni amalga oshirish loyihasidagi yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlashga; qurilish maydonlarida ishlayotganlar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablari, shuningdek, qurilishda ishlatilayotgan moddalar, materiallar, konstruksiyalar va qurilmalar oʻrganilishini tashkil etishga; qurilish maydonchasida qurilish bosh rejasi, qurilishni tashkil etish loyihasi, shuningdek, ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yongʻinga qarshi suv taʼminoti, kirish joylari, ogohlantirish va aloqa tizimlari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari boʻlmagan (nosoz) hollarda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq asosiy qurilish-montaj ishlarini olib borishga yoʻl qoʻymaslikka majbur. 843. Yonish va portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallardan, issiqlikni saqlovchi yonuvchi materiallardan, shu jumladan, tarkibida issiqlikni saqlovchi yonuvchi materiallar boʻlgan konstruksiyalardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar qurilish maydonchasida, yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxs tomonidan imzolangan naryad-ruxsatnoma boʻyicha, “Olov xavfi bor — yonish va portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallar ishlatilmoqda” yozuvli ogohlantiruvchi belgi oʻrnatilgan holda amalga oshirilishi shart. 844. Quritish qurilmalarini hamda issiqlik chiqaradigan moslamalarni qurilish va vaqtinchalik binolardan (inshootlardan) va xonalardan chiqish joylariga (tamburlariga) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 845. Qurilish maydonlarining isitish xonalarida olovli ishlarni bajarishga, shuningdek, elektr kaloriferlaridan va infraqizil nurlanishli gazli gorelkalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.