VM qarori № 649, 2-boʻlim
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga ILOVA. Yongʻin xavfsizligi qoidalari — I boʻlim. Umumiy qoidalar — 1-bob. Qoidalarni qoʻllash sohasi
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Ushbu Yongʻin xavfsizligi qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy yongʻin xavfsizligi talablarini belgilaydi. Qoidalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar), ularning xodimlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar uchun majburiydir. (1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son) 2. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda ushbu Qoidalar bilan birga “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilish lozim. 3. Yongʻin xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda idoraviy hujjatlar talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablardan past boʻlmasligi kerak. 4. Ushbu Qoidalar: oʻrmon xoʻjaligi hududlarida; kon qazilma va shaxta inshootlarida; portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda; sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda; havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni belgilamaydi. 41. “Litsenziya” axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi, “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Qoidalar va yongin xavfsizligi talablari belgilangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan beriladi. Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborot tizimlari orqali bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa 10 ish kuni ichida beriladi. Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, xulosa berish rad etiladi. (41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 1. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 3. 2-bob. Asosiy tushunchalar
Qoʻshni boʻlimlar
- 1Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
- 32-bob. Asosiy tushunchalar
- 43-bob. Tashkiliy-texnik tadbirlar
- 54-bob. Yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi
- 6II boʻlim. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan umumiy talablar — 5-bob. Hududlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsiziligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.