VM qarori № 649, 58-boʻlim
37-bob. Laboratoriyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
676. Neft mahsulotlarining namunalari toza, quruq shisha idishlarga quyilishi kerak. Shishalar 90 foizdan ortiq boʻlmagan hajmda toʻldirilishi va probka yoki vint qopqoqlar bilan yopilishi lozim. Namunalarni ochiq idishlarda saqlash taqiqlanadi. 677. Namunalarni tashish uchun maxsus qutilar ishlatilishi kerak. 678. Laboratoriyalarning ish joyida har bir turdan 1 kg dan koʻp boʻlmagan, lekin umumiy ogʻirligi 4 kg dan koʻp boʻlmagan yonuvchi moddalarni saqlashga ruxsat etiladi. 679. Laboratoriya xonasidagi neft mahsulotlari va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar namunalari yongʻindan ogohlantiruvchi “Yongʻin xavfi mavjud: yengil alangalanuvchi moddalar” belgisi boʻlgan maxsus metall shkaflarda (qutilarda) germetik yopilgan idishlarda saqlanishi lozim. Shkaflar (qutilar) xonadan chiqishdan qarama-qarshi tomonga oʻrnatilishi kerak. 680. Portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallar bilan ishlash uchun moʻljallangan ish stoli va shkaflar zarba paytida uchqun paydo boʻlishini istisno qiluvchi yonmaydigan materiallar bilan toʻliq qoplangan boʻlishi kerak. Kislota, ishqorlar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan ishlashda suyuqlikning stol yoki shkafdan tashqariga toʻkilishining oldini olish maqsadida yonmaydigan materialdan tayyorlangan qirralar bilan qoʻshimcha jihozlanishi lozim. 681. Havo tortuvchi shkaflardagi elektr qurilmalar portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak. Oʻchirib-yoqish moslamasi va shtepsel rozetkalari havo tortuvchi shkafdan tashqarida oʻrnatilishi lozim. 682. Portlovchi gaz yoki bugʻlar ajralib chiqishi bilan bogʻliq ishlar faqat havo tortuvchi shkaflar ichida bajarilishi kerak. Nosoz havo tortuvchi shkaflardan foydalanish taqiqlanadi. 683. Ochiq olov yoki elektr isitish moslamalari ishlatiladigan stol va havo tortuvchi shkaflarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash, ularni toʻkish va jihozlarga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi. 684. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solingan idishlarni ochiq olov va ochiq holatdagi elektr isitish moslamalarida qizdirishga, shuningdek, suv bilan taʼsirlashadigan kimyoviy moddalar va birikmalar solingan idishlarni isitish uchun suvli hammomdan foydalanish taqiqlanadi. 685. Sovitish va shamollatish tizimlari nosoz boʻlgan laboratoriya jihozlaridan foydalanish mumkin emas. 686. Suv mavjudligi belgilari boʻlgan va isitish talab qilinadigan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar oldindan suvsizlantirilishi kerak. 687. Toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar darhol yigʻishtirib olinishi va ular toʻkilgan joy suv bilan yuvilishi lozim. 688. Ishlatilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni umumiy kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi. 689. Yonilgʻi-moylash laboratoriyalaridagi laboratoriya idishlarini yuvish maxsus xonalarda amalga oshirilishi kerak. Ushbu xonalar havo tortuvchi shamollatish tizimi va ishlab chiqarish kanalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. 690. Laboratoriya xonalarida yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash taqiqlanadi. 691. Avtotransformatorlar va kavsharlash lampalari maxsus yonmaydigan tagliklarga ega boʻlishi kerak. 692. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi: a) ochiq olovdan foydalanish; b) toʻkilgan suyuqliklarni shimdirish uchun yonuvchan materiallardan (qipiq, torf, matodan) foydalanish; v) toʻkilgan kukunsimon moddalarni uchqun hosil qiluvchi materialdan tayyorlangan buyumlar bilan yigʻib olish; g) kimyoviy moddalarni uchqun hosil qiluvchi materiallardan tayyorlangan asboblar bilan parchalash.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 57. 2-§. Gaz ballonli transport vositalariga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 59. 38-bob. Sanoat obyektlariga (ishlab chiqarish obyektlariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Metallurgiya korxonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 543-§. Oʻrim-yigʻim va saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 554-§. Paxta xom ashyosini yigʻish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5636-bob. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 572-§. Gaz ballonli transport vositalariga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 5938-bob. Sanoat obyektlariga (ishlab chiqarish obyektlariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Metallurgiya korxonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 602-§. Yengil sanoat korxonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 613-§. Matbaa korxonalari va nashriyotlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 624-§. Yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozlarni ishlab chiqarish sanoati obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.