VM qarori № 649, 48-boʻlim

5-§. Videoyozish blokiga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

477. Videoyozish apparatlari xonasida har bir videomagnitafonga 10 tadan koʻp boʻlmagan videotasmali kassetalar saqlanishi mumkin. Videotasmalar shkaf yoki yonmaydigan stellajlarda, ishlab chiqaruvchining gʻiloflarida saqlanishi lozim (plastmassali kassetalarda). 478. Apparatlar xonasida kiyim-kechak va zaxira uskunalarni saqlash taqiqlanadi. 479. Videoyozish apparatlari xonasidagi havoning harorati va namligini bir maromda saqlash tizimi yongʻin sodir boʻlgan paytda avtomatik ravishda oʻchirish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. 480. Magnit videotasmalar (videoteka) alohida ajratilgan, yonmaydigan shkaf va stellajlar bilan taʼminlangan xonalarda saqlanishi kerak. 481. Har chorakda bir marta videomagnitafonlarning barcha bloklari, shuningdek, kabel kanallari va pol oraligʻidagi boʻshliqlar havo puflash yoʻli bilan changdan tozalanishi lozim. 482. Videomagnitafonlarning vakuum nasoslari filtrlari alohida portlashdan himoyalangan qilib bajarilgan havo tortish va havo berish moslamalari oʻrnatilgan xonalarda benzin bilan yuviladi. 483. Videoyozish sexi (boʻlimi) boshligʻi yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalanish bilan bogʻliq profilaktik ishlarni boshlashdan oldin sex ishchilariga yoʻl-yoʻriq berishi va ishga shaxsan oʻzi rahbarlik qilishi lozim. 484. Videoyozish apparatlari xonalariga avtomatik yongʻin signalizatsiyasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak. 485. Videoyozish bloklarida kabellarni oʻtkazish (yotqizish), ushbu Qoidalarning 463-bandida televizion studiyalari uchun belgilangan talablar asosida poldagi ariqchalarda (kanallarda) bajariladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.