VM qarori № 649, 1-boʻlim

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yongʻin xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin: odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yongʻin xavfsizligi talablari; yongʻin kelib chiqishi xavfi yuqori boʻlgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yongʻin xavfsizligi talablari; ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obyektlar hamda maʼmuriy binolar uchun yongʻin xavfsizligi talablari. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin; aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020-yil 20-oktabr, 649-son

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.