Mehnat kodeksi 471-moddasi
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili ular vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak. Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning taʼtillar jadvalini tuzish chogʻida hisobga olinishi kerak. Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat taʼtilining tugashi vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan: vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishi; vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi; xodimni vaxtaning boshqa smenasiga oʻtkazishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 470. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
Keyingi modda →
Modda 472. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash, kafolatlar va kompensatsiyalar
Qoʻshni moddalar
- 467Vaxtaning davomiyligi
- 468Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
- 469Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
- 470Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
- 472Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash, kafolatlar va kompensatsiyalar
- 473Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
- 474Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish
- 475Mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarga qoʻshimcha kafolatlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.