Mehnat kodeksi 470-moddasi
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
Hisobga olish davrida xodim uchun jadvalda belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishlash vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun ish vaqtidan tashqari ishdir. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish ushbu Kodeks 189-moddasining oltinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ushbu Kodeks 190-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ish vaqtidan tashqari ishning cheklangan davomiyligiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va ushbu Kodeksning 262-moddasiga muvofiq unga haq toʻlanishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 469. Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
Keyingi modda →
Modda 471. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari
Qoʻshni moddalar
- 466Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
- 467Vaxtaning davomiyligi
- 468Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
- 469Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
- 471Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari
- 472Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash, kafolatlar va kompensatsiyalar
- 473Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
- 474Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.