Mehnat kodeksi 469-moddasi
Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
Hisobga olish davri doirasida ish vaqti va dam olish vaqti ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan va amalga kiritilguniga qadar ikki oydan kechiktirmay xodimlar eʼtiboriga yetkaziladigan jadval bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jadvalda quyidagilar nazarda tutiladi: hisobga olish davrining davomiyligi; xodimlarni vaxtaga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish uchun zarur boʻlgan vaqt. Ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish chogʻida yoʻlda boʻlish kunlari ish vaqtiga kiritilmaydi hamda vaxtalar oʻrtasidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin; xodimning vaxtada boʻlgan davrida har kunlik ishning davomiyligi. Bunda shunday ishning cheklangan davomiyligi oʻn ikki soatdan oshmasligi kerak; vaxtada dam olish vaqti, bu xodimga quyidagilarni taqdim etishni oʻz ichiga oladi: ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (agar kunlik ishning (smenaning) davomiyligi sakkiz soatdan oshsa, ikkita tanaffus), ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra bunday tanaffusning imkoni boʻlmagan hollarda esa ish vaqtida xodimlarning ovqatlanish vaqtini belgilash va tashkil etish; har kunlik (smenalar oʻrtasidagi) dam olish, uning davomiyligi dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusni hisobga olgan holda kamida oʻn ikki soatni tashkil etishi kerak; vaxta davrida haftalik dam olish kunlari, agar ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra buning imkoni boʻlsa; vaxta oraligʻidagi dam olish vaqti, bunga jadvalda nazarda tutilgan ish vaqti normasidan ortiq ishlaganlik uchun otgul kunlari va bu davrga toʻgʻri keladigan dam olish kunlari kiradi. Otgul kunlari soni xodimning vaxtada boʻlgan davrida jadvalga muvofiq ortiqcha ishlangan umumiy soatlar sonini ish kuni davomiyligining belgilangan normasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Vaxtadagi ish jadvali doirasida toʻliq ish kuniga yetmaydigan ish vaqtining ortiqcha ishlangan soatlari kalendar yil mobaynida yigʻilib borishi va toʻliq ish kunlarigacha jamlanib, keyinchalik vaxta oraligʻidagi qoʻshimcha dam olish kunlari berilishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 468. Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
Keyingi modda →
Modda 470. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
Qoʻshni moddalar
- 465Vaxta usulida ishlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
- 466Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
- 467Vaxtaning davomiyligi
- 468Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
- 470Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
- 471Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari
- 472Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash, kafolatlar va kompensatsiyalar
- 473Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.