Mehnat kodeksi 465-moddasi
Vaxta usulida ishlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir. Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻllaniladi. Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish obyektida boʻlish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar oʻrtasida dam olishini taʼminlash uchun moʻljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat boʻlgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi toʻlanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi. Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni oʻz doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi. Ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Ishni vaxta usulida tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 464. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish
Keyingi modda →
Modda 466. Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
Qoʻshni moddalar
- 461Masofadan turib ishlovchi xodimning ish vaqti
- 462Masofadan turib ishlovchi xodimning har yilgi mehnat taʼtili
- 463Masofadan turib ishlovchi xodimning mehnatiga haq toʻlash
- 464Masofadan turib ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish
- 466Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
- 467Vaxtaning davomiyligi
- 468Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
- 469Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.