Mehnat kodeksi 233-moddasi
Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
Har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. (233-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son) Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 232. Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish
Keyingi modda →
Modda 234. Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
Qoʻshni moddalar
- 229Har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga koʻchirish
- 230Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish
- 231Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʻlish
- 232Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish
- 234Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
- 235Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida xodimga har yilgi mehnat taʼtilini berish
- 236Ijtimoiy taʼtillar tushunchasi
- 237Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy taʼtillar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.