Mehnat kodeksi 234-moddasi
Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi. Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili uchun taʼtilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. (234-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son) Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy taʼtillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat taʼtillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 233. Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
Keyingi modda →
Modda 235. Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida xodimga har yilgi mehnat taʼtilini berish
Qoʻshni moddalar
- 230Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish
- 231Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʻlish
- 232Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish
- 233Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
- 235Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida xodimga har yilgi mehnat taʼtilini berish
- 236Ijtimoiy taʼtillar tushunchasi
- 237Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy taʼtillar
- 238Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ijtimoiy taʼtillarni belgilash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.