Mehnat kodeksi 232-moddasi
Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish
Har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlarni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 231. Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʻlish
Keyingi modda →
Modda 233. Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
Qoʻshni moddalar
- 228Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi
- 229Har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga koʻchirish
- 230Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish
- 231Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʻlish
- 233Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
- 234Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
- 235Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida xodimga har yilgi mehnat taʼtilini berish
- 236Ijtimoiy taʼtillar tushunchasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.