Mehnat kodeksi 229-moddasi
Har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga koʻchirish
Xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqiga ega: vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida; homiladorlik va tugʻish taʼtilining muddati boshlanganda; har yilgi mehnat taʼtili oʻquv taʼtiliga toʻgʻri kelib qolganda; davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa; jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Agar har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabablar taʼtil boshlanguniga qadar kelib chiqqan boʻlsa, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan taʼtildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar taʼtil davrida kelib chiqqan hollarda taʼtil tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga koʻra taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga koʻchiriladi. Xodim har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanishga toʻsqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar toʻgʻrisida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar xodim ushbu Kodeks 228-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda taʼtil boshlanadigan vaqt haqida oʻz vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga taʼtil boshlanguniga qadar ushbu Kodeks 233-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taʼtil vaqti uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, har yilgi mehnat taʼtili xodimning arizasiga koʻra boshqa muddatga koʻchiriladi. (229-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 228. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi
Keyingi modda →
Modda 230. Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish
Qoʻshni moddalar
- 225Ish yili
- 226Har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish
- 227Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi
- 228Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi
- 230Har yilgi mehnat taʼtilining bir qismini keyingi ish yiliga koʻchirish
- 231Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʻlish
- 232Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish
- 233Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.