Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 8-moddasi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlaydi. (8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: (8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi; yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi; mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishini, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritilishini va ijro etilishini taʼminlaydi; (8-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) yongʻin oʻchiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yongʻindan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlaydi; yongʻin xavfsizligini taʼminlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirilishini amalga oshiradi; tegishli hududda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Keyingi modda →
Modda 9. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
Qoʻshni moddalar
- 4Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
- 5Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 6Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
- 7Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 9 ·Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
- 10Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
- 11Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 12Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.